Tanqid qilmaydigan matbuotga janozani kim o‘qiydi?
Prezident Mirziyoev 23 mart kungi yig‘ilishda matbuotni maqtamaslikka, bor haqiqatni ko‘rsatishga chaqirdi.
«Maqtamanglar. Maqtaydigan davrlar o‘tib bo‘lgan. Raislar bilan birga yurib, borini ko‘rsatish kerak. Yomon bo‘lsa, qattiq tanqid qilinglar», dedi Shavkat Mirziyoev qishloq xo‘jaligi sohasiga bag‘ishlangan videoselektorda matbuot, televidenie, radio jurnalistlariga qarata.
Seks (jimo) payti turk seriallari qahramonlari haqida o‘ylamaslik kerakligi haqidagi gapini ro‘y-rost ko‘rsatgani va bu fikrlar tanqidiga ham o‘rin bergani uchun toshkentlik imom Rahmatulloh Sayfutdinov 9 mart kuni «Ozodlik» radiosiga janoza o‘qigan edi.
«Bugun hukumatning tanqidga bo‘lgan pozitsiyasi o‘zgaryapdi. Ehtimol, tanqid qilmaydigan, voqealarni ro‘y-rost ko‘rsatmaydigan va faqat maqtaydigan matbuot va radio ustidan janoza o‘qish kerakdir?» deydi rassom Kirpi.
Rassom Kirpi
Eltuz.com