Asosiy mavzular
18 yanvar 2019

«Avval qarzlarni qaytaring!»

Prezident Mirziyoev mamlakatning xorijda muzlatilgan korruptsiya pullarini qaytarish va chet el sarmoyasi kiritishga jahd qilarkan, tag‘in O‘zbekistonning oldingi prezidenti Islom Karimov oilasining eski kasofatlariga duch kelmoqda.

Shveytsariyada chiqadigan «Tages-Anzeiger» 16 yanvar kuni Gulnora Karimovaning sobiq eri Mansur Maqsudiy o‘zi ko‘rgan zarar uchun Shveytsariyada muzlatilgan aktivlardan 100 million frank miqdorida tovon puli olish harakatida ekanini yozdi.

Maqsudiyning iddaosiga ko‘ra, xotini bilan ajrashgach, uning O‘zbekistondagi aktivlari Gulnora Karimovaga tegishli «Zeromaks» shirkatiga o‘tib ketgan.

Shveytsariyada muzlatilgan pullarning O‘zbekistonga qaytarilishi masalasi bot-bot takrorlanayotgan pallada O‘zbekistonning nemis shirkatlaridan ham tag‘in 130 million yevro qarzi borligi ochiqlandi.

Berlinda chiqadigan Süddeutsche Zeitung gazetasining 14 yanvar kuni yozishicha, Shavkat Mirziyoev tashrifi oldidan nemis parlamenti a'zosi Germaniya federal hukumatiga O‘zbekistonning o‘n yildan buyon kechiktirilayotgan qarzlari yuzasidan so‘rov jo‘natgan.

2009 yili bankrot deya topilgan «Zeromaks» buyurtmasi bilan Toshkentda nemis shirkatlari Forumlar saroyi va «Bunyodkor» o‘yingohi qurilishida ishtirok etishgan edi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 may 2021
21 may kuni Chirchiq shahri jinoyat ishlari sudi 22 yoshli Akmal Sultonovni rus ayolini qasddan o‘ldirganlikda ayblab, 10 yil ...
11 mart 2020
Ota o‘g‘liga telefonda: «Damasga pulim yetmadi, bolam. Yana o‘n million yubor». Rassom Kirpi
6 iyun 2022
1922 yilning 6 iyunida Xalq komissarlari kengashi dekretiga ko‘ra, Adabiyot va nashriyot ishlari bo‘yicha bosh boshqarma (Glavlit) tashkil etildi. ...
15 fevral 2024
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti xodimi G‘olib Shodiev ayni istititut raxbariyatini korruptsiya va nepotizmda ayblamoqda. Biroq uning arizasi va unda keltirilgan faktlar yuzasidan ochilgan jinoyat ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...