Catira
2 aprel 2018

O‘zbek TV bog‘da o‘pishganlarni izza qildi

O‘zbekistonning «Mening yurtim» telekanali 1 aprel kuni yoshlar axloqi «fosh qilingan», ya'ni ularning istirohat bog‘larida qo‘l ushlashib yurgani, o‘pishgani aks etgan ko‘rsatuvni kechki praym-taymda efirga uzatdi.

Ko‘rsatuv jurnalistlari kriminal filmlar fonida istirohat bog‘ida o‘rindiqda o‘tirgan yoshlarni poylashadi. Qo‘qqisdan ular yoniga borib:

«Nima qilib o‘tiribsiz bu yerda?» deya tergovga tutishadi.

«Uzr, gaplashib o‘tiribmiz…», deydi ikkita qiz bilan suhbatlashib o‘tirgan yigit katta gunoh qilib qo‘yganday o‘rnidan turib.

«Boshqa joyda o‘tirsalaring bo‘lmaydimi?» deydi TV jurnalist o‘zini katta bir jinoyatni fosh etgan izquvar kabi tutib.

«Yovvoyining qo‘liga kamera tushsa…»

Toshkentlik bloger Xurshid Yo‘ldoshev «Eltuz» nashriga bergan intervyusida bu shaxsiy daxlsizlik huquqini buzish deya baholanishini bildirdi.

«Bu moralist «jurnalistlar» aynan o‘zbek tilida gaplashuvchilar ortidan poyloqchilik qilishmoqda. Agar nega boshqalarga bunday yurish mumkin-u, o‘zbeklarga mumkin emas deyishsa, endi ular musulmonmas-da, deyishadi. U holda bu jurnalistlar diniy kanalning muxbirlarimi yoki biz diniy davlatda yashayapmizmi?

Ayni shu holatning o‘zi «jurnalistlar» qonunni buzayotganini, shaxsiy daxlsizlik poymol qilinayotganini anglatadi. Agar qonun ko‘chada o‘pishishni taqiqlaganda edi, bu dini va millatidan qat'i nazar, hammaga barobar bo‘lar edi. Bu yerda diskriminatsiya yaqqol ko‘rinib turibdi», deydi Yo‘ldoshev.

Yo‘ldoshev, shuningdek, O‘zbekiston telekanallarida ilgari ham shunga o‘xshash «nasihatomuz psevdohujjatli ko‘rsatuv»lar berilgani haqida aytadi.

«Ammo jurnalistlar birovning orqasidan poylab, jinoyatchini qo‘lga olganday o‘zlarini tutishmasdi. Konstitutsiya bo‘yicha biz dunyoviy davlat ekanligimiz, shaxsiy daxlsizlik huquqi ta'minlanishini ko‘pchilik esdan chiqarib qo‘ymoqda. Bu ketishda to‘ydan oldin yoshlarni uchrashtirishga ham qarshilar paydo bo‘ladi hali. Hammaning ustidan hamma nazorat qiluvchi totalitar jamiyatga aylanib qolmasak bo‘lgani», deydi Yo‘ldoshev.

Feysbukning aksariyat yuzerlari jurnalistlarning bu kabi shaxsiy hayotga bostirib kirishini qoralamoqda:

Dilbar Fayzixo‘jaeva: «Bunday ish johillik deb ataladi. Bularga essiz TV, essiz kamera!»

Xonzoda Xoliqova: «Mu5 kanali voobщe zazvezdilis! Skrыtыy kameraga olib TVda ko‘rsatishni nima keragi bor edi?»

Sunnat Alimov: «Agar men yaxshi ko‘rgan qizim bilan o‘tirganimda kimdir shunday qilsa, jag‘ini ikkiga ayirardim».

«Poraxo‘rni fosh qilolmaydi, albatta u. Ko‘cha tozalaydigan o‘qituvchilarni ko‘rsa, kamerasi buzilib qoladi. Hokimlar so‘kinayotgan majlisga ham kamerasini olib kirolmaydi…», deydi Yo‘ldoshev.

Ayni holat rassom Tuzning yangi hajviy rasmiga mavzu bo‘ldi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 mart 2019
Bizni yemirguvchi illatlar haqida gapirsam. Bu kalimani yuz yil oldin Mahmudxo‘ja Behbudiy aytgan edi. Mavzuga kirishdan oldin avvalgi safar ...
15 avgust 2019
Shvetsiyaning Ostersund shahrida 14 avgust kuni odamlarni mashinasiga bostirib terror akti uyushtirishga uringanlikda gumon qilingan 32 yashar o‘zbek qo‘lga ...
14 yanvar 2020
2001 yili Muhammad Solihning hayotiga suiqasd qilishga urinish bo‘ladi. Biroq Norvegiya hukumati va Solihning do‘stlari sa'y-harakatlari bilan buning oldi ...
26 sentyabr 2024
Toshkent shahrida obod qilingan Chasovnya (Butxona) haqida ko‘plarning xabari bor. Butxona 1865 yil Toshkent shahrini ishg‘ol qilish jarayonlarida o‘ldirilgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...