Majburiy mehnat «boshqa qaytarilmaydi»mi?
Prezident Mirziyoevning pedagog va shifokorlarni majburiy ishlarga jalb etmaslik talablaridan so‘ng Toshkentda 17 aprel kuni o‘tgan yig‘ilishda bir necha viloyat hokimi hamda ikki vazirga bosh vazir Abdulla Aripov achchiq tanbeh berdi.
Hokimlar va vazirlar burchakka qo‘yilgan o‘quvchi kabi ayblarini tan olishib, «bunday ishlarning boshqa qaytarilmasligi»ga so‘z berishdi.
Nahotki! O‘zbekiston hukumati majburiy mehnatni bartaraf qilishga azmu qaror bergan bo‘lsa?
Keyingi o‘n yillikda O‘zbekistonda majburiy mehnat monitoringini yurgizib kelayotgan O‘zbek-german forumi (UGF) inson huquqlari tashkiloti rahbari Umida Niyozova prezident Mirziyoev tashabbusi bilan boshlangan majburiy mehnatga qarshi kampaniyani bunday izohlaydi.
«Men biz sahnalashtirilgan teatrni ko‘ryapmiz, degan tuyg‘udan hech kecha olmayman. Chunki agar bu barcha fosh qilishlar jiddiy qabul qilinadigan bo‘lsa, u holda Aripov bilan Mirziyoev yaqinda qaerdandir, osmondanmi tushgan bo‘ladi. Biz hammamiz bunday emasligini bilamiz. Mirziyoev ham, Aripov ham mamlakatda ko‘p yillar rahbarlik qilgan odamlar.
O‘qituvchilar va shifokorlarni o‘zlariga xos bo‘lmagan ishlarga kamida so‘nggi o‘n yildan buyon majburlay boshlashdi. Bu tendentsiya yildan yilga kuchaydi. Mamlakatning barcha rahbarlari, jumladan, hokimlar, vazirlar, maktab va shifoxona rahbarlari majburiy mehnatga jalb etildi. Ular ko‘rinib turgan narsalarni inkor etishdi va tekin, majburiy mehnatni hashar deb atashdi. Mirziyoevning o‘zi ham hokim bo‘lgan paytlarida odamlarni tekin ishlashga majburlagan. Chiqishlaridan birida bunga u iqror ham bo‘lgan.
Biroq kecha aftidan bu muammoni tan olishga siyosiy qaror berildi. Bu yaxshi. Biroq biz tag‘in nima bo‘lishini kuzatamiz. Amalda o‘zgarishlar yuz beradimi, odamlarni o‘z kasb vazifasi bo‘lmagan ishlarga majburlash to‘xtatiladimi? Vaziyat o‘zgarsagina, bu quruq gap emas, balki majburiy mehnatni tugatish bo‘yicha siyosiy qaror ekaniga ishonishimiz mumkin», deydi Umida Niyozova.
Rassom Tuz
Eltuz.com