Catira
18 may 2018

Tatyana Karimovadan so‘ng 16 yil o‘tib…

Prezident Mirziyoevning umr yo‘ldoshi Ziroatxon Hoshimovaning Vashingtondagi Oq uyda tushgan fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ulardan birida O‘zbekistonning birinchi xonimi Kapitoliydagi yodgorlik toshiga qarab fikr qilayotgani aks etgan.

Foto: Feysbuk tarmog‘idan

Ziroatxon Hoshimova eri, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 15-17 may kunlari AQShga rasmiy tashrifi chog‘ida unga yo‘ldosh bo‘ldi, Trampning 48 yoshli xotini Melaniya xonim esa kasalligi bois unga peshvoz chiqa olmadi.

Har ikki mamlakat matbuoti bu tashrifni tarixiy deya baholadi, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar qayta iliqlashgani aytildi.

Garchi Amerika-O‘zbekiston munosabatlari ancha ilgari, 2000-yillarning boshlarida Islom Karimov davrida quyuqlashgandi.

Rossiyaning «Kommersant'» gazetasi qizg‘onchiqlik bilan O‘zbekistonning «asal oyi» deya baholagan ayni davrda mamlakatda AQSh harbiy bazalariga asos solingandi.

AQSh-O‘zbekiston munosabatlari 2005 yilning 13 mayida Andijondagi tinch namoyishning qonli bostirilishi ortidan sovuqlashdi.

Shundan so‘ng O‘zbekistonni ko‘plab jurnalistlar, AQSh demokratik institutlari tark etdi.

Biroq bugunga kelib prezident Mirziyoevning tashrifi chog‘ida Andijon fojeasi eslanmadi, marhum prezidentning rasmiy safarlarida hamroh bo‘lgan xotini Tatyana Karimova ham.

Rassom Tuz O‘zbekiston birinchi xonimining Kapitoliy maydonida o‘rnatilgan yodgorlik toshi yonidagi ichki kechinmalarini o‘zicha aks ettiradi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 yanvar 2021
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, yaqin-yaqin zamonlarda yot bosqinchilarning yuz yildan ko‘proq vaqt davom etgan mustamlakasidan ...
8 aprel 2023
Olti yilcha oldin bir aziz do‘stim Saudiyaga zaruriyat yuzasidan borib keldi. Safar tafsilotlarini aytar ekan «Saudiyada yashaydigan o‘zbek olim» ...
16 noyabr 2019
Men ko‘pincha bir million dollar pulim bo‘lsa nima qilardim, deb  o‘ylab qolaman. Ëshligimda eski paxsa hovlini yiqib, g‘isht qilib ...
13 sentyabr 2016
Ertalabdan machit ostonasidan bolalarni haydash boshlandi. Imom ham sobiq prezidentni avliyo darajasiga olib chiqib qo‘ydi. Televizor, radio va gazetalar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...