chorshanba,
18 dekabr 2024
29 oktyabr 2018
Fermerlarni suvga bo‘ktirgan Zoyir Mirzaev ishdan olindi
Prezident Mirziyoev 29 oktyabr kungi farmoyishi bilan bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzaevni g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan oldi.
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida hokimlik mulozimlari va fermerlar bilan uchrashgan Zoyir Mirzaev 25 oktyabr kuni 6 nafar shaxsni ariqdagi suvga tushirib, dalada qo‘liga tosh ushlatib, keyin esa avtomobil oldida shalabbo holda yugurtirib sazoyi qilgan edi.
Fermerlarning bug‘doyga suv quymagani uchun sazoyi qilinishi ortidan ijtimoiy tarmoq faollari #ariqchallange xeshtegi ostida fleshmob boshlashgandi.
Zoyir Mirzaev bu yilgi «majburiy mehnat muammolari bo‘yicha» ishdan olingan eng katta davlat mulozimidir.
Rassom Tuz
Eltuz.com