Ko‘zqarash
1 aprel 2019

Taqiqlarni yoqlaydigan avlod yetishmoqdami?

Toshkentda 23-26-mart kunlari maktab o‘quvchilari ishtirokida o‘tgan «Qizlarjon» sammiti ishtirokchilari «ota-onalarni uzoq muddatga chet mamlakatlarga ishlash uchun chiqishlarini cheklash bo‘yicha qonun qabul qilish bo‘yicha» Oliy Majlis deputatlariga murojaat yo‘lladi.

Bu taklif ijtimoiy media qatlami bahslariga sabab bo‘ldi. Jumladan, bu haqda o‘zbekistonlik bloger Shaxnoza o‘z sahifasida quyidagilarni yozdi:

«Yo‘q, men u taklifni kiritgan qizaloqni qoralamayman. U o‘zi to‘g‘ri deb ishongan fikrini ochiq aytdi. Bunga haqqi bor va buni taqiqlab bo‘lmaydi. Qolaversa, voqeaga tezkor izoh berildi va mavzuni yopsa ham bo‘ladi.

Ammo boshqa dard bor.

Taqiqlarni istaydigan, yoqlaydigan, ilgari suradigan yosh avlod yetishib kelyapti nazarimda. Chunki ular taqiqlar ichida o‘sishgan. Ular taqiqdan boshqa samaraliroq usullarni kam ko‘rishgan.

Taqiqlar esa faqat onglilik, tarbiya va ichki madaniyat bilan uyg‘unlashganda samara beradi. Shuningdek, non yeyishni taqiqlab bo‘lmaydi-da ))).

Biz buni tushunmadikmi yo tushuntirolmadik? Lekin men shu qiz kabi o‘ylovchi yoshlar ko‘pligini bilaman: ko‘ryapman, kuzatyapman.

Bu biz uchun jiddiy signal bo‘lishi kerak.

“Bittagina o‘smir aytgan gap – istisno holat”, demoqchimisiz?

Tungi klublarga taqiq, kechqurun 11 dan keyin ko‘chada yurishga taqiq, libosga taqiq, shaxslarga taqiq (qora va xira ro‘yxatlar)… Shuncha taqiqlar ichida yangragan bu taklifni tasodif ham, istisno ham deb bo‘lmaydi-da.

Keling, taqiqlashni taqiqlaylik. Yana boshqalar uchun qanday yashashni hal qilishga, inson huquqlariga zid qonunlar chiqarishni so‘rashga, maddohlikka, korruptsiyaga, ko‘zbo‘yamachilik va xo‘jako‘rsinlarga, populizmga, hisobot uchun ishlashga va shu kabi yana ko‘plab hokazolarga taqiq qo‘yaylik.

Kecha e'lon qilingan xalqaro reytinglardagi pozitsiyalarimizni ko‘rib hali qancha ish qilishimiz kerakligini o‘yladim (agar taqiqlar bo‘yicha reyting tuzilsa, yuqori o‘rinlardan birini egallardik balki:confused:).

Biz tabiiy boyliklari ko‘p, benzin arzon, ammo inson taraqqiyoti, so‘z erkinligi sust, korruptsiya yuqori darajadagi bir davlat ekanmiz.

Fikrimcha, taqiqlarni ko‘p qo‘llab, ularni suiiste'mol qilib yuborayotganimiz ham bugungi ahvolimizning sabablardan biri.

Bir film ko‘rgandim: qaynona kelinga idish yuvmagani uchun dakki beraveradi. Shunda kelin hamma idishlarni shart sindirib, ana endi muammo yo‘q, deb o‘ylaydi. Keyin esa suv ichishga piyola topolmay qoladi :wink:
@shahnozxon.

Eslatib o‘tamiz, respublika umumta'lim maktablari o‘quvchilarining Toshkentda o‘tgan «Qizlarjon» sammiti O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 noyabr 2015
Qudrat Bobojon Eltuz.com Sochi kalta olingan, pastki labi oldga turtib chiqqan, o‘zi sariqdan kelgan baquvvat jussali bu kishining tund ...
9 sentyabr 2020
O‘zbekistonning mahrum prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Tillaeva instagram sahifasida yangi kitobi chop etilgani haqida yozdi. «Ushbu kitob ...
31 dekabr 2018
“Open Democracy” (Ochiq demokratiya) onlayn resursi ulkan qurilish loyihasi – “Toshkent siti” bo‘yicha surishtiruvini e'lon qildi. Surishtiruv davomida qurilish ...
9 dekabr 2023
Jizzax viloyatida ham «Dolzarb – 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga a'zo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta'sirini ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...