Asosiy mavzular
10 dekabr 2019

«Eltuz»ga maktub: Masjid tinch

O‘zbekiston musulmonlari idorasida rais o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Dilshodbek Hoshimov ushbu muassasaga Jasliq qamoqxonasi mulozimligidan kelgan edi. 

D.Hoshimov Jasliqda katta nozir bo‘lgan. U joriy qilib ketgan ahmoqgarchiliklaridan bittasi har kuni ertalab soat sakkizgacha “masjid tinch”, deb vakillikka telegram orqali xabar yuborish edi. 

Bu ahmoqgarchilik keyinchalik Dilshodbek Hoshimov ishdan olinishi barobarida bekor qilindi. Lekin Chilonzor va Olmazor tumanlarida haligacha davom etyapti. 

Foto: maktub egasidan

Chilonzorda Ergashboy domla, Olmazorda Sadriddin domla bu kabi ahmoqgarchiliklarni organ xodimlaridan ham orttirib bajarishadi. 

Masjid ibodat makoni, eng tinch joy bo‘lsa, organ yoki harbiy ob'ekt bo‘lmasa, shu ishni har kuni qilish shartmikin? Hatto jinoyatchi, eng retsidivist shaxslar ham masjidni hurmat qiladi. 

Qachon biroz kech qolib ketilsa, darrov vahima qilishadi. Ergashboy domla ishdan bo‘shatish, chora ko‘rish bilan tahdid qilsa, Sadriddin qiyomatda javob berasan, deydi. Masjid tinch, deb xabar bermagan odam shu xususda qiyomatda ham so‘roq qilinar ekan. 

Yoki bo‘lmasa, Olmazor tumanidagi Islomobod masjidida Ramazon oyida bundan bir necha yil avval MXXchilar o‘zlari uyushtirgan qotillik fitnasini ro‘kach qilishadi. 

Militsiya ancha-muncha narsaga masjid uchun ko‘z yumsa ham Ergashboy domla va Sadriddin vahima qiladi. Xuddi qirq yildan beri urush bo‘layotgan yurtdek, vahimasidan, har ikkisining do‘q-po‘pisasidan juda to‘ydik.

Chilonzor tumani imomlarining telegramdagi guruhiga tuman DXXsi boshlig‘i Abdurashid Qayumov, DXX tuman bo‘limi xodimi Sa'dullo, tuman IIB terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Umid va hokimiyatdan ham bir xodim qo‘shib qo‘yilganiga nima deysiz? 

Iltimos, shuni post qilib chiqarsangizlar. Zora, bu kabi behuda tashvishlardan qutulsak… Oldindan rahmat!

Tag‘in o‘qing
20 dekabr 2016
O‘tgan hafta birdaniga to‘rtta viloyat hokimi ishdan bo‘shatildi. Undan ilgari ham bir qancha eski amaldorlar yangilariga almashtirilgan edi. Tahlilchilarga ...
29 sentyabr 2022
Asrlardan beri surxonliklar o‘z dardu muammolarini qo‘shiqqa solib aytishadi. Yer¸ suv talashi va beklar zulmi baxshilarning yuz yillik repertuaridagi ...
9 avgust 2021
Rassom Tuz
21 yanvar 2021
Andijonlik 31 yoshli tadbirkor Alisher Ne'matullaev tortib olingan mulkini himoya qilib, sudga 1089 marta murojaat qildi. 252 ta sud ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...