Catira
3 fevral 2020

Gumondorni urib o‘ldirish IIBda tabiiy holatmi?

Qashqadaryo viloyatida 30 yanvar kuni Chiroqchi tumani IIB binosidagi gumondor o‘limi yuzasidan brifing bo‘ldi.

Ichki ishlar vaziri axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov o‘g‘irlikda gumon qilingan 32 yashar Yusuf Abdurahmonovning og‘ir qiynoq ostida o‘ldirilgani yuzasidan izoh berib, tergov idoralarida bunday hodisa odatiy narsa ekanini xotirjam ohangda ta'kidladi.

«Ichki ishlar organlari binosida odam o‘lishi yangilik emas. Bu tabiiy holat. Shunday bo‘lib kelgan ilgari ham. Chunki ayrim holatda odam o‘zining joniga qasd qiladi. Stress holatlarga tushadi. Yuqoridagi holatda ham shunday bo‘lgan», dedi mahalliy blogerlar va jurnalistlar oldida chiqish qilgan IIV rasmiysi.

«Eltuz» nashri 27 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limining besh nafar xodimi gumonlanuvchini so‘roq paytida urib o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar bergan edi.

Brifingda ta'kidlanishicha, Chiroqchi tumani IIO FMBning ayrim xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi («Mansab vakolati doirasidan chetga chiqish») va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondorlardan ikki nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, ishga aloqador boshqa xodimlarga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani ma'lum qilingan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 noyabr 2020
Suratkash Aleksandr Barkovskiy mulohazalari O‘tmishda O‘rta Osiyodagi bir qancha muazzam saltanatlar va yuksak madaniyatli xalqlarga beshik bo‘lgan bugungi O‘zbekiston ...
31 yanvar 2022
(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi, boshi o‘tgan sonlarda) Xolli uyga kelib, divanga yonboshladi. Moyka egasi bo‘lib boyish orzusi uning hayolini ...
3 oktyabr 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 33-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) 1995 yilga kelib, ...
12 dekabr 2017
12 dekabr kuni taniqli mustaqil jurnalist, 45 yoshli Sid Yanishev Toshkent shahridagi 61-militsiya tayanch punkti xodimlari tomonidan hibsga olindi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...