Ko‘zqarash
21 aprel 2020

Absattorning karantin kundaligi

Bosh prokuratura 6 apreldan boshlab vatandoshlardan o‘zlarining kundaliklarini yuritishlarini so‘radi. Demak, Absattorning kundaligini o‘qiymiz:

«Men Absattor ertamatdan qo‘shnim Abjabbor bilan ko‘rishib ogan lomimni qaytarib berdim. Keyin birrov Madinanikiga kirib chiqdim. (Hech kimga aytmang Madinanikiga kirganimdi) Yo‘lda Komildi dukoniga bosh suqdim. Valasaptda kelayotgan Eshmirzadan popris so‘rab chakdim. Xumor qonmagani uchun Mirraxmat xojidan shishamni to‘ldirib nasiyaga nos oldim. Keyin damaschi Xayotulla kelib qarzimni qaytar deb yarim soat mazgimni chaqib qo‘limga berdi. Uyga qaytayotib oshnam Ismat piyozchini ko‘rib qoldim. Birgalashib meni nosimdi chakib xumor tarqatdik. Keyin uy tarafga jildim. MIB ni odami turgan ekan eshigimdi taqilllatib. Gaz, svet va suvni pulini so‘rab kepti. Pul qag‘da. Hech qaerda ishlamasam. Xotindi ketidan kun ko‘rib o‘tirgan bir notavon bo‘sam…».

 (kundalik davom etadi)

Absattorning karantin kundaligidan: Guruch va kurmak

«O‘sha kuni oshnolar bilan ichib zovurdi arqasida dumalab qopman. Xotinim qo‘shni Abjabbordi shag‘al tashiydig‘on zambilg‘altagini apkelib meni ashinga solib uyga abkeb yotqizib qo‘yibdi. Bollar aytdi. Xotin gaplashmayapti men bilan. Bosh qattiq og‘riyapti. Bir shisha piva bo‘lsa, ichardim.  Zerikkanimdan atrofdagi narsalarni sanab boshladim. Shiftda to‘qqizta bolor bor ekan. Oshxonaga 228 dona shaxmat yopishtirilgan ekan. 12 tasi darz ketgan. Xotin bekor o‘tirmay kurmagini tozalang deb oldimga bir kilo guruch qo‘yib ketdi. Erinmay sanab chiqdim. Bir kilo guruch 3 million 689 mingu 671 dona ekan. Ichidan 381 ta kurmak chiqdi. Tovuqlarga beramiz deb bir kasaga solib qo‘ydim.  Uyda shakar yo‘q bo‘masa uniyam sanab tashardim. Sekin chiqib Abjabborni eshigiga o‘tdim.  Uyida aroq yo‘q ekan. Sudralib Komildi dukoniga bordim. Plasmassa stakonni to‘ldirib aroq berdi. Ichdim. Sho‘r bodring tutdi. Yemadim. Qo‘ltig‘imdi xidlab qo‘ya qoldim. To‘lashga pul yo‘q. Komil araqdi pulini daptarga yozp qo‘ydi. Bollardi puli chiqqanda xotin kelib rachcho‘t qib ketadi. 3 oydan keyin xotin yana jijilaydi. Ko‘payishamiz. Komil bitta tekin maska berdi. «Taqib yuring Absattor aka bo‘masa ishtrap qiladi» dedi. Maskani taqib o‘zimni aynakka solib kulgim keldi. Biram xunuk ko‘rindim. Soqolam o‘sib ketibdi. Burun ham ko‘z ham qip qizil. Shu xolimga Madinani uyiga bormay deb uy tarafga qarab jildim. Valasaptda kelayotgan Eshmirzadan popris so‘rab chekay desam mingga qo‘yib zing‘illab o‘tib ketdi zang‘ar. Salom yo‘q alik yo‘q. Ashnaqa tarbiyasiz bo‘p ketdi hamma bu qirondaviyrus deb. Lekin bosh og‘riq to‘xtadi. Uyda xotin mastava qigan bo‘lsa murchlab ichvolib keyin to‘shakka yonboshlab serial ko‘raman. Xurram degan serialni yarimlatib qo‘yganman.» (Kundalik davom etadi)

Absattorning karantin kundaligi. Piraduxta

Absattor nimanidir taraq etganidan uyg‘ondi. Xotini ko‘chadan kepti. Xotin MFY idorasidan yordamga berilgan «piraduxta» opkegan edi.

Absattor o‘rnidan turib g‘oz yurish qilib piraduxtalarga past nazar bilan qaradi.

Oldin go‘shtni olib bir qo‘li bilan chamaladi. Xidlab  ko‘rdi:

«Bo‘mabdi qarib qogan qo‘y bu. Mana yog‘lari sarg‘aygan. Suyaklardi qara. Keyin menga o‘xshab yaxshi yeb yaxshi ichadigan odamga 3 kilo qo‘y go‘shti   ikkita ovqatga ham yetmaydi. Keyin enangning qotgan patirini yeymizmi bir xapta»

Xotini ko‘zlarini katta ochib

«Absattor aka karantin bo‘magan paytidayam  oylab go‘sh yemasdikku»

«O‘chir ovozingdi. Davlat bizga deb amerikadan pul obdi.  Do‘konchi Komil aytdi. Odam boshiga har xaptada bir qo‘chqor¸ 15 kilo un. Kartshka¸ piyoz. Qani chiqar byaxga. Nima bu bir kilo oqqand. Kartshkani mazasi yo‘qku. Piyozdi ahvoliga qara»

Absattor ming qo‘yli boyday bu ne'matlarga bepisand qarab «Yig‘ishtr hammasini. Oborib qaytarib ber Bersa yirikroq¸ durustroq qibersin pomoshdi. Bermasa buvisi chiqqan joyga tiqsin.»

Xotini kalovlanib dedi:

«Qo‘y go‘shti qolaqolsin¸ bollardi og‘ziga go‘sht tegmaganiga ham bir oy bo‘ldi»

Bu gapiga javoban Absattorning botinkasi uchib kelib xotinning peshanasini g‘urra qildi.

Xotin piraduxtani ko‘tarib chiqib ketdi.

Absattor bo‘shab qogan nos shishasini taq taq qilib  oyna raxiga urib ichidan bir chekim nos chiqarishga harakat qilardi.

Bir pasdan keyin xotini qaytib keldi. «Shuni yeb turing opa etta indin yana beramiz» deb ovutib yuborishibdi.

Absattor jahli chiqib «o‘zim gaplashib kelaman » deb ko‘chaga chiqdi.

Maska taqish esdan chiqibdi.

Ko‘chaga chiqib olti qadam otishi bilan qo‘lida avtomat tutgan soldatlar yugurib keldi.

«Qayting ortingizga uyngizga kiring», dedi soldat.

Absattor prava kachat qilib «Men o‘zimdi ko‘chamda yuribman san nomaqul buzoqdi tezagini yeb aptamat ko‘tarib meni ko‘chamda  yuribsanmi», deb baqirdi

Bitta pakana qorinboy¸ yonidagi dev askarga  imo qildi. Dev borib miltiq qo‘ndog‘i bilan bir urib Absattorni yiqitdi. Pakana kelib ikkita tepgandi, Absattor tinchib qoldi

Uyida o‘tirgan tuman sud xodimi Absattorni 15 kun qamoqqa tashlasin, deb ajrim chiqarib berdi.

Absattorni moshinga ortib qamoqqa obketishdi.

Absattor ko‘zini ochsa qamag‘ni tor xonasida parashani oldida yotibdi.

Bitta alkash parashani ichiga tinmay qusardi.

(Kundalik davom etadi)

Rassom Tuz

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 fevral 2018
O‘zbekistondagi jo‘shqin siyosiy o‘zgarishlar shu paytgacha mamlakatda eng qudratli kuch bo‘lgan Milliy xavfsizlik xizmati o‘rniga yangi supertuzilma – prokuraturani ...
2 oktyabr 2017
Birinchi oktyabrdan banklarning naqd dollar sota boshlashi to‘g‘risidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi. “Eltuz” muxbirining 2 sentyabr kuni o‘rganishicha, banklar ...
25 iyun 2023
Prigojinning urush sahnasidan chekinib, Rostovda nag‘ma ko‘rsatgani, Putin bilan kelishuv qilib, Belarusga qochishini ko‘plar Putinning g‘alabasiday qabul qilayapti. Hatto ...
2 fevral 2017
Shu kunlarda Andijon shahrida turli maktab o‘qituvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan. Yo‘l yoqalarida ohak to‘la chelak, supurgi ko‘tarib ko‘cha ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...