• Foto: Muhammad Solih nabiralari tayyorlagan kashta
Asosiy mavzular
24 aprel 2020

Amal va riyo

Yaqinda bir kishi O‘zbekTV dan chiqib, «Allohni zikr qilayotganingni birov eshitib qolsa, bu riyo bo‘ladi, ibodating qabul bo‘lmaydi», deya insonlarni qo‘rqitdi. (Allohning nimani qabul etib, nimani qabul etmasligini qaysi manbadan o‘rganishadi, ajabo).

Shunga o‘xshagan «shayx»lar ham musulmonlarni qilgan amalini yashirishga, amal uchun mukofot kutmaslikka chaqiradi.

Albatta, amal ko‘z-ko‘z qilinmasa, adabga uyg‘un qilinsa, yaxshi. Ammo u oshkor bo‘lsa, amal sohibining aybi nimada? Allohu Taolo qulning oshkor bo‘lishini istamadigini biladi-ku.

Har bir musulmon bir yaxshilik qilarkan, uning mukofoti borligiga aslo shubha qilmaydi va bemalol yaxshilik qiladi.

Yaxshiligiga mukofot berilishiga shubha qilish Allohning marhamatiga shubha qilishdir chunki.

Har bir qilingan yaxshilik tamalida musbat ma'noda bir ta'ma yotadi.

Ba'zan ta'ma so‘ziga manfiy mazmun yuklab xato qilamiz.

Masalan, bir musulmon Alloh rizosi uchun deb bittasiga yaxshilik qilsa, bu yaxshilik uchun Allohdan rizolik talabi ta'magirlikka kiradimi?

«Bu yaxshilikni Alloh rizosi uchun qildim, menga hech narsa kerakmaydi», deyish yolgonchilikdir. Chunki odam o‘zi aytib turibdi «Alloh rizosi uchun qildim», deb.

Yashirin qilingan yaxshi amallarini ham «har narsani ko‘rgan Zot bu amalimni ham ko‘radi», deb o‘ylamagan biror mo‘min bormi dunyoda?

Yoki hatto go‘zal amallari uchun hech bir mukofot istamagan, faqat «Allohning diydori menga kifoya», deya muridlariga e'lon etgan muborak zotlar bu Diydorning mukofotlar ichida eng buyugi ekanligini bilishmaydimi?

«Yaxshilik qil, dengizga ot, baliq bilmasa, Xoliq bilar», deya bizga nasihat qilgan muboraklar ham Xoliqning bilishini bilib daryoga otayotganlari yo‘qmi qilgan yaxshiliklarini?

Qilgan amali uchun Allohdan mukofot kutish riyo emas.

Riyoning boshqa belgilari bor.

Men o‘zimda ko‘rganlarimni aytaman. Jamoat bilan qilingan namozlarda butun harakatlar (ruku,sajda..va hakozo)ni maromiga yetkazib qilishga tirishaman. Ammo bu taqdirga shoyon tirishqoqlik namozni yakka o‘zim qilayotganda, ayniqsa, horg‘in paytda bajo keltirilgan namozlarimda g‘oyib bo‘ladi. Ruku va sajdalarni maromiga yetkazishga erinaman. Qaddim shalpayib turadi, qo‘llarimni sog‘lom bog‘lamayman, qoringa tushib turadi va hokazo.

Bu holatning riyoga yaqinligini his etaman. Chunki odamlar yonida namozni maromida qilib, yolg‘izlikda (Alloh ko‘rib turgan!) namozimni to‘g‘ri qilishga tanballik qildim. Bunday namoz uchun avf kutish xayolparastlik, albatta…

Ammo musulmon yaxshiligi uchun ichida yoki oshkor Allohdan xayr ta'ma qilsa, bu riyo emas.

Allohdan mukofot kutib, «mukofot kutmayman», deyish RIYodir.

Qolaversa, amaldan sobitroq bir tasalli bor.

Bu tasallini xusronda bo‘lgan bizlarga Allohning marhamatidan boshqa hech bir amal qutqarmasligining bilinchi beradi.

Muhammad Solih
Adibning feysbukdagi sahifasidan

Tag‘in o‘qing
22 may 2016
O‘g‘uzxon nomidagi Turkmanfilm kinostudiyasi boshlig‘i Saparmuhammad Jolliev o‘tgan hafta “ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari” sababli ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Turkmanfilm ...
21 yanvar 2021
«Eltuz» 21 yanvar kuni satira yo‘nalishidagi to‘rt minuntlik yangi animatsion filmni taqdim qildi. Bunda o‘zbek fermerlarining xonavayron bo‘lishiga sabab ...
16 dekabr 2016
«Xalq bilan fikrlashgan odam kam bo‘lmaydi», deya mulohaza qildi «O‘zbekiston ovozi» gazetasi (13.12) saylangan prezident Shavkat Mirziyoevning 2017 yilni ...
17 mart 2017
16 mart kuni ertalab, immigratsiya qoidalarini buzganlik aybi bilan ushlangan Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri 30 yashar o‘zbekistonlik Xudoberdi Nurmatov ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...