Juma muborak yoki rassom Tuzdan uzr…
Qadrli «Eltuz» ko‘rarmonlari, men sizning har juma rassom Tuz va'zlarini kutayotganingizni bilaman va sizning e'tiboringizni qadrlayman.
Afsuski, bu hafta biz rassom Tuz va uning texnik hamkorlari oldida erta-indinga qoldirib bo‘lmaydigan vazifalar ko‘paygani bois bu ko‘rsatuvni tayyorlay olmadik. Umid qilaman, siz bilan kelgusi haftada yuzlashamiz.
Bonus o‘rnida she'r
Jim!.. Ufqdan botar quyoshni
Shart kesilgan boshga o‘xshatdim.
Parcha-parcha kuygan shafaqlar
Tirqiragan qonni eslatdi!
Qanday qo‘rqinch! Qanday qabohat!
Mumkin emas hech qiynalmaslik!
Mumkin emas qarshi turmaslik!
Ki, odamning o‘ziginamas,
Hissini ham xarob qilsa davr!
Qiynalaman!.. Yuragimda hovur – bu qarshilik!
Yo‘q! Gina emas. Bu qarshilik! Ko‘ring tarixni.
Parvonadek qanoti kuygan.
Umr tepasida musht tuygan…
Qiynalaman vijdon bilan man –
Mumkin emas qarshi turmasdan.
O‘z zimmamga katta ish oldim,
Ehtimolki, tamom qilmasdan
Umrim tugar. Ammo bo‘lmaydi,
Senga qarshi bosh ko‘tarmasdan!
Bu «Eltuz»ning «Vaqt mashinasi» dasturi keyingi hafta rejasiga kiritilgan Usmon Nosir she'ri edi. Millat oydini Stalin tomonidan qatl etilgan.
Assalom, O‘zbekiston, Ramazon muborak!
Rassom Tuz