chorshanba,
18 dekabr 2024
14 dekabr 2020
Zangiota yopilsa, doktorlar ishsiz qoladimi?
Toshkentdagi COVID-19ga chalinganlar uchun maxsus qurilgan Zangiota-2 shifoxonasidagi kasallar yarmiga qisqargani aytilmoqda.
«Bemorlar kamaygani» sababidan shifoxona xodimlarining oyligi kamaytirilgan. Tibbiyot xodimlari tanish-bilishlariga telefon qilib «korona yuqtirganlar yo‘qmi?» deb so‘rashmoqda.
Noyabr oyi oxirlariga kelib COVID-19 markazlari va koronavirus yuqqani gumon qilingan bemorlarni qabul qilish-taqsimlash markazlari yopila boshlagani haqidagi rasmiy ma'lumotlar tarqala boshlandi.
Shayxontohur tumani hokimi Abduqahhor To‘xtaev 505 o‘rinli «Yoshlik» sport majmuasi va 1008 kasalga mo‘ljallangan “Atlas” kovid markazi yopilganini ma'lum qilgan edi.
Eltuz.com