Ko‘zqarash
7 aprel 2021

Olg‘a, orqaga!

Sezgan bo‘lsangiz, rasmiy iste'molga Karimov davridan qolib ketgan «ma'naviyat va ma'rifat» mafkurasi qaytdi. Qaytishi ham muqarrar edi, chunki islohotlarni, dunyo bilan esh yashashni eplay olmagan, zamonga moslasha olmagan elita ertami-kechmi bu mafkura bilan qurollanar edi.

90-yillarning boshida jamiyatimizda optimizm va taraqqiyotga ishonch hukmron edi. 1998 yildagi iqtisodiy inqiroz, 1999 yillardagi portlashlar jamiyatimizni va elitamizni qo‘rqitib yubordi.

Elitamiz 90-yillarning oxirida taraqqiy etish oson ish emasligi, har qaysi jamiyat ham buni eplay olmasligini, bitta Singapurga yuzta Zimbabve to‘g‘ri kelishini angladi. Eng asosiysi, agar haqiqatan ham modernizatsiya, yangilanish yo‘lida davom etsa, tezda o‘z o‘rnini yoshroq, texnokrat elitaga bo‘shatish zaruriyati tug‘ilishini angladi. Bunga esa sovet davridan davom etib kelayotgan elita rozi emas edi.

Demak, vaziyat qanday bo‘lsa, uni shunday «muzlatish» zarur edi. Ya'ni «taraqqiyot» emas, aynan «xavfsizlik va musaffo osmon» eng oliy qadriyat ekanini tushuntirib beradigan mafkuraga ehtiyoj tug‘ilgan.

«Ma'naviyat va ma'rifat» mafkurasi aynan shunday dunyoviy qadimchilik (konservatizm) mafkurasidir. Eng qizig‘i, konservatizm muayyan qadriyatlarni saqlab qolishga urinishdir. O‘zbek jamiyatida esa saqlab qolishga arziguli hech qanday qadriyat mavjud emas. Eski (diniy va sovet) qadriyatlar o‘lgan, yangisi esa hali shakllanmadi.

Bu yerda elitamiz qadriyatlarni emas, o‘z hukmronligini, status-kvoni saqlab qolishga uringan va bu mafkura orqali o‘ziga asosiy xavf deb bilgan ikki taxminiy raqobatchi, texnokratik elita («chirigan G‘arb») va islomiy elita («radikallar») bilan kurashgan edi.

«Ma'naviyat va ma'rifat»ning eng gullagan davri 1999 yildan (ayniqsa, 2005 yildan keyin) to 2016 yil sentyabrgacha davom etdi (infografikani qarang). Bu yillarni bemalol yo‘qotilgan imkoniyatlar davri, desa ham bo‘ladi, chunki «ma'naviyatchilik» taraqqiyot va yangilanishga zid mafkuradir.

Karimov o‘lib, Mirziyoev hokimiyatga kelgan 2016 yil sentyabridan rasmiy iste'molda «dunyoga ochilish, rivojlanish, innovatsiya, modernizatsiya» diskursi hukmron bo‘ldi, «ma'naviyat» deyarli tilga olinmagan. To 2018 yil yozigacha.

2018 yil yozidan boshlab ilk eyforiya o‘tib ketdi. Islohotlar ham chippakka chiqqani tobora ayon bo‘lmoqda. «Tepada» nimadir (yoki kimdir) o‘zgarganga o‘xshaydi, chunki yana taqiqlar boshlandi. Nega biz yomon yashashimiz zarurligini deyarli iste'moldan chiqqan «ma'naviyat va ma'rifat» bilan asoslash amaliyoti yana qaytdi.

Bundan buyon «ma'naviyatchilar» hukmronlik qilayotgan davrda yashashga tayyor bo‘ling.

Sardor Salim

Blogerning feysbukdagi sahifasidan

Tag‘in o‘qing
7 mart 2020
“Straus House” muassisi tuyaqush olib  beraman deb odamlardan aldab olgan pulini timsoh sotib olish uchun sarflabdi. Ammo na timsohdan va ...
11 oktyabr 2021
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Boytish mahallasida yashovchi Shomirza Rixsiboevning xonadonida 7 oydan buyon gaz yo‘q. – Kunlar sovib ketdi. ...
9 mart 2020
O‘zbekiston Jinoyat kodeksi asosida “pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat»i uchun ustidan jinoyat ishi ...
31 dekabr 2020
Yangi yil arafasida Farg‘ona va Navoiy shahri markaziy maydonlariga o‘rnatilgan archalar yonib ketdi. eltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...