Muhammad Solih: Qoraqalpoq viloyat bo‘lishi kerak – 12 qism
Nukusdagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi taklifi va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, namoyishlarda qatnashib O‘zbekiston muntazam armiyasi va huquqni muxofaza qiluvchi xodimlarga hujum qilgan o‘nlab vatandoshlar jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi. Ularning qamoq jazosi jamoatchilik nazorati va uy qamog‘iga o‘zgartirildi. Kuni kecha Eltuz yoyinlagan filmda gapirgan faollar nazarida aybdorlarning jazolanmasligi separatistlarga ilhom berish ehtimoli katta. Huquq faoli Abdurahmon Tashanov bu vaqtincha yonberishlarni oqlagan bo‘lsa nukuslik faol Azimboy Otaniyozov jazo muqararlik printsipi buzilmasligini ta'kidlagan. Eltuz filmiga munosabat bildirgan Erk demokratik partiyasi lideri, shoir va siyosatchi Muhammad Solih muammo ildizi o‘tkan asrning to‘qsoninchi yillar oxiriga borib qadalishini ta'kidlaydi.
@eltuz