Ko‘zqarash
28 fevral 2023

Rassom Tuz: O‘risqul, yuzi va ichiqora ko‘ppaklarning ko‘rgiligi hali oldinda

Bundan bir yil oldin bosqinchi Rossiya mustaqil Ukraina tuproqlariga xoinlarcha bostirib kirib, yosh go‘daklar, xotin-qiz, qariyalar hamda jami vatansevar ukrain vatandoshlarini qira boshladi. Yillar davomida o‘ris TV tarafidan miyasi axta qilingan yuz minglab o‘zbeklar onasini erga bergan yetimday sevinishdi. Bu sevinganlar orasida nafaqat Rossiyada o‘ris prorabdan kunora tepki yeb umurtqasiz bo‘lib qolgan o‘zbek mardikor-dangasalari, balki ularning parazit ota-enalari, muallimlar, maktab direktorlari, mayda-chuyda poraxo‘r boshliqchalar ham ko‘p edi. 

O‘tkan bir yil mobaynida O‘zbekiston rahbariyatining kattadan kichik vakillari amalda ular uchun mustaqillik g‘oyasi sariq chaqa ekanini oshkora namoyish qilishdi. Ular jon jon deb Kreml va zamonamiz Gitleri bo‘lgan Putinga sadoqatli laycha ekanini oshkor ko‘rsatishdi. 

Rossiyadan kelgan turli martabadagi o‘ris og‘alariga osh oshatishdi, beqasam to‘nlar kiydirib suzilishdi. Eng katta rahbardan tortib otarchi vazirgacha o‘risga sadoqatini namoyon qildi. O‘risning o‘rdenlarini olib juldur ko‘ynagi yaqosig‘a toqib, «oh-voh» deyishdi. Xuddi oldindan klientdan puldi olib qo‘ygan islovot satangi kabi «otrabotem» o‘ris og‘am, deyishdi. 

Taniqli artislar bosqinchi o‘risning Toshkentda bergan ziyofatida suyak kemirish uchun bosqinchi o‘risning elchisiga ta'zim qilib borishdi. Mullalar o‘z ko‘rmuridlari oldida va'z qilib Rossiyani maqtab, Ukrainaning botir prezidenti Zelenskiyni tizzasiga urib qarg‘ashdi. 

O‘zbekistondagi taksist zotining barchasi erta tongdan xuptongacha o‘z yo‘lchilari quloq miyasini yeb, Ukraina va NATOni yomonlab yurdi. 

Keyingi bir yil ichida o‘zbekning katttadan kichigi mustaqillik g‘oyalarini  kir oyoqlari bilan toptab o‘risqullik dostonini yozdi. 

Yuzlab o‘zbeklar qo‘liga qurol olib, bosqinchi o‘ris armiyasida yollanma jallod bo‘lib, Ukrainaga borib, odam o‘ldirdi. O‘nlab o‘zbeklar Ukrain tuprog‘ida it o‘limini topdi. Asirga olindi…

Ukrainada go‘daklar o‘layotgan ayollar zo‘rlanib qiyomat qoyim bo‘layotgan paytda o‘zbeklarning bu qadar yusizligi jazosiz qolmadi. Ularga ko‘kdan «anomal sovuq» degan jazo keldi. 

Ëshullisidan tortib yoshi kichchisigacha bu sovuqda dirdirashdi. Chiroqsiz va gazsiz o‘tirishdi. Yuzlab odamlar is gazidan o‘ldi. 21-asr taraqqiyot davrida  chiroqsiz va gazsiz qo‘y terisiga o‘ralib o‘tirgan o‘zbeklarning zabun qiyofasi tarixga muhrlandi. 

Birovning erkini yana birov toptagan paytda mazluming emas, balki zolimning yonida turishning badali edi bu. 

O‘z haqqini so‘ray olmagani yetmaganidey o‘z erki uchun kurashayotgan botir ukrainlarga malomat qilishning badali edi bu….

Mana bir yil o‘tdi. 20-asr Gitleri – Putin «ikki kun ichida Kievni olaman» degandi. Ololmadi. Ukraina yong‘og‘i putin va uning o‘zbekistondagi laychalari o‘ylaganidan ko‘ra qatttiq chiqdi. 

Slava Ukraine! Geroyam slava! Ukrainaga sharaflar bo‘lsin! Botirlar o‘lmasin! O‘risqul, yuzi va ichi qora ko‘ppaklarning esa ko‘radigan ko‘rguligi oldinda. 

@rassomtuz

Tag‘in o‘qing
21 avgust 2024
Raqobat qo‘mitasi 40 ga yaqin paxta to‘qimachilik va yog‘-moy klasterlari tomonidan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning narxlari sun'iy oshirilganini ...
22 may 2018
Prezident kelib ketgach, andijonliklar yengil nafas olishdi. Bugun menimcha rahbarlar ham to‘yib uxlashgan bo‘lishsa kerak. Xalqimiz mehmondo‘st, mehmon kutib ...
15 mart 2023
«Brilliant qo‘l» kinofilmi qahramoni chet elda «it odamga do‘stdir» «bizda esa domkom do‘stdir» deydi. O‘zini «domkom» yoki «etajkom» deb ...
2 avgust 2021
Separatizm deya talqin qilingan virtual chiqishlari va o‘zbek lotin yozuvi joriy qilinishi bo‘yicha mavjud qonunlarga qarshiligi ortidan nazoratga olingan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...