Ko‘zqarash
12 may 2023

Rassom Dali asari narkobaron Eskobar oilasini o‘limdan qanday qutqargan edi

Kecha Eltuz bosh redaktori Qudrat Bobojon bilan gaplashsam¸ «kultur-multur mavzularga avom qiziqmaydi. prosmotri oz bo‘ladi,” dedi. Bugun Bolt taksi chaqirsam, ichidagi sho‘piri kosonsoylik ekan. Xusniddin ekan ismlari. O‘qish yozishni bilmaydi, chunki Karimov davridagi «maktabda» o‘qigan. 

Lekin Narkobaron Eskobarni bilarkan. Eskobar 400 ming dollarga bitta kartina sotib olgani va bu kartina uning o‘g‘li, qizi va xotininii o‘limdan qutqargani hikoyasi qiziqmi senga desam, qiziq, dedi. Bo‘ldi, bo‘masam Eltuzning yutub kanalida eshitib olasan dedim. 

(Ëzganimni baribir o‘qiy olmaydi. Harf tanimaydi) 

Bo‘lmasa boshladik. 

O‘zbekistondagilar nazarida kriminal avtoritet bo‘lgan Salimboyni uyidayam har xil rasmlar bor. Ammo bu rasmlarning sariq chaqalik badiiy yoki moddiy qiymati yo‘q. Ichiga somon tiqilgan ayiqlarni balki obchiqib sotsa bo‘ladi. Lekin Kolumbiya narkbaroni Pol Eskobar uyidagi asarlarga hatto Luvr ham hasad qilgan. 

O‘sha Pol Eskobar. Tog‘ tepasida sovuqda qolganida million dollarni yoqib isingan birat.  Ispaniyalik buyuk rassom Salvador Dalining narkobaron xotinining hayotini saqlab qolgan rasmi «Raqs» deb ataladi.  “Raqs» ispaniyalik Salvador Dalining eng yaxshi surati bo‘lmasligi mumkin, lekin ehtimol eng qiziqarli hikoyasi bo‘lgan asardir. 

Dalining narkobaron xotinining hayotini saqlab qolgan rasmi shu kunda Yaponiyada avaylab saqlanadi. 

«Raqs» ning birinchi versiyasi Brodvey impresariosi Billi Rouz uyida chiqqan yong‘inda yonib kulga aylandi. Dali bu asardan yana bittani chizdi va u oxir-oqibat kolumbiyalik narkobaron Pablo Eskobarning uyiga osildi.  Bu rasmga oid barcha tafsilot va hamma narsa Eskobarning rafiqasi Viktoriya Xenao xotiralarida tasvirlangan. Bu tafsilotni yozgan «Pablo Eskobar» kitobi va » Mening hayotim va qamoqxonam» kitoblarida o‘qiymiz. 

Eskobarning xotini rassom Dalining ishini birinchi bora ko‘rganidagi his-tuyg‘ularini eslaydi. «Bu aql bovar qilmaydigan edi», deb yozadi u. «Cheksiz cho‘lda er-xotinning shahvoniy va hayoliy harakati meni hayratda qoldirdi.» Eng muhimi, rasm Eskobar oilasi a'zolari uchun Medellindagi uyining portlashidan zo‘rg‘a omon qolganlarida o‘ziga xos muqaddasotga aylandi va keyinchalik Viktoriya Xenaoning so‘zlariga ko‘ra, uni va uning bolalarining hayotini saqlab qolgan o‘ziga xos «ko‘zmunchoq» bo‘ldi.

Kitobda rasmning hikoyasi shunday hikoya qilinadi. «Raqs» ning birinchi versiyasi «Boogie-woogie san'ati»deb nomlangan. Bu seriyaning bir qismi edi. Bill Rouz 1944 yilda «Etti tirik san'at» musiqiy revyusi birinchi versiyasi ishlab chiqarilishidan oldin Zigfeld teatrini bezashni buyurdi. Bu bezaklar orasida «Raqs» ning birinchi versiyasi «Boogie-woogie san'ati»deb nomlangan asar ham bor edi. 

Keyinchalik rasmlarning butun tsikli Nyu-Yorkning chekkasidagi Kisco tog‘idagi Rouzning qasriga ko‘chirildi. Biroq, 1956 yilda uyda yong‘in chiqdi va barcha ishlar yonib kul bo‘ldi. Dali asl nusxalari bilan bir xil narxda yangilarini chizib berishni va'da qildi. 

Dali o‘zi yashagan Ispaniya Port Ligatida yangi rasmni chizdi. Bu vaqtga kelib, rassom butun dunyoga mashhur bo‘lgandi. Rasmning ikkinchi versiyasi avvalgisidan biroz farq qilardi. Faqat ikkita odam qolgan, qiburlar g‘oyib bo‘lgan edi. Fon ham boshqacha bo‘lib qolgandi. Rasm nomi ham o‘zgardi, endi asar «Raqs» yoki «Rok-N-Roll»deb nomlandi. Keyinchalik bu asar Rouzning Manxettendagi kvartirasini bezatdi. Sal o‘tmay asar sotildi. 

Rouzdan «raqs» ni sotib olgan odam uni 1985 yil Nyu-Yrkdagi Sotbi auktsionida 209 000 dollarga sotdi (hozir bu taxminan 490 000 dollar). Ammo 1988 yilga kelib, asar allaqachon Kolumbiyadagi narkobaron kollektsiyasining bir qismi edi. Narkobaronning rafiqasi san'at uning uchun atrofda hukmronlik qilgan zo‘ravonlik va qo‘rquv muhitidan panohga aylanganini yozadi. Uning ta'kidlashicha, u Eskobarning jinoyatlari ko‘lami haqida bilmagan, ammo ularni rad etishga urinmaydi va yaqinda Kolumbiya radiostansiyasiga bergan intervyusida odamlarga yetkazilgan og‘riq uchun uzr so‘radi.

Viktoriya Xenao to‘plagan asarlar (va uning kollektsiyasida Klaudio Bravo, Fernando Botero va Edgard Negretning asarlari bor edi), uning o‘rni «deyarli sezmagan» — uni faqat «antiqa buyumlar va eski mashinalar»qiziqtirgan.

Ammo Dali asarini sotib olish, ayniqsa, muhim edi. «22 yoshimda uyimda shunday san'at asari bo‘lishi menga aql bovar qilmaydigan tuyuldi», deb yeslaydi u mafiozining xotini.  Viktoriya Xenao 17 yil narkobaron Pablo Eskobar bilan to narkobaron 1993 yilda o‘ldirilguncha birga yashadi. 

Eskobar kvartirasida Dalining rasmi «imtiyozli joyda» — kutubxonada osilgan, bu yerda uni bir necha nuqtai nazardan ko‘rish mumkin edi. U 1988 yilda uy yaqinida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashina portlaganida asar o‘sha yerda yedi. Mafiozning o‘zi binoda bo‘lmagan, ammo uning oila a'zolari qochishga muvaffaq bo‘lishgan. «Raqs» esa zararsiz qoldi.

Viktoriya Xenao rasmni Medellinning boshqa hududidagi singlisining uyiga ko‘chirdi. Ammo bu joy ham hujumga uchradi-1993 yilda uni Eskobardan nafratlangan Los Pepes «hushyorlik qo‘mitasi» a'zolari yoqib yuborishdi.

Mafizoning xotini «raqs» yo‘q qilingan degan qaror qildi, ammo o‘sha yilning dekabr oyida — Eskobar vafotidan keyin xujumchilar asarni olishganini bildi. Ko‘p o‘tmay, u Los Pepes rahbari Karlos Kastagno bevadan xabar oldi. Guruh beva ayol erining dushmanlariga pul to‘lashi uchun rasmni qaytarishga rozi bo‘ldi.

Viktoriya Xenao va uning oilasi Kolumbiyani sekin tark etib, Argentinaga joylashishga muvaffaq bo‘lishdi.

«Men raqs haqida bilgan oxirgi narsa shundaki, Karlos Bogotadagi bir nechta dilerlarga qo‘ng‘iroq qilib, asarni xorijdagi kollektsionerga sotishda yordam so‘radim», deb yozadi u.

1994 yilda» raqs » Londondagi Kristi auktsionida sotuvga qo‘yildi. Provians/asar tarixida Billi Rouz va boshqa kollektsionerlar avvalgi egalari ro‘yxatiga kiritilgan, ammo sotuvchi yoki Eskobarning ismlari aytilmagan. Auktsion uyi rasmga sotishdan oldin 625 ming dollar miqdorida dastlabki baho berdi. Natijada, uni Xebio sport tovarlari chakana savdo tarmog‘ining asoschisi, yaponiyalik tadbirkor Teizo Morohashi noma'lum miqdorga sotib oldi.

Jami u Savador Dalining 330 ga yaqin rasmlari, haykallari, gravyuralari va boshqa asarlariga egalik qilgan. Keyinchalik u asarni boshqa rassomlarning yetmishta asari bilan birga 1999 yilda Fukusima prefekturasida ochilgan Morohashi zamonaviy san'at muzeyiga sovg‘a qildi. 

Endi galereya yiliga 50 mingga yaqin mehmonni qabul qiladi.

Hazil, go‘zallik va aql bovar qilmaydigan narsalarni qadrlagan Dali, albatta, «raqs» Yapon muzeyiga tushish uchun qilgan g‘alati va sarguzashtli sayohatdan zavqlangan bo‘lardi.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
7 yanvar 2024
O‘zbek vatandoshlarining Turkiyada qamoqqa olinganiga oid rasmiy bilgi: O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida 2024 yil ...
7 may 2020
Qadimgi Rim arenalaridagi hayot-mamot janglarini eslaysiz-a? O‘qigandirsiz, kinosini ko‘rgandirsiz… Tepada hayqirayotgan, to‘lqinlanayotgan tomoshabinlarni-chi? Hozir hayot sahnasida ro‘y berayotgan voqea-hodisalar ...
10 iyun 2016
10 iyun kuni, O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi raxbari Surat Ikromov tarqatgan matbuot bildirishiga ko‘ra, ro‘za boshlangan 2016 ...
22 fevral 2018
Jizzaxlik olti nafar faol 21 fevral kuni itlarga qarshi terrorni to‘xtatishni talab qilib, jamoatchilikka va hukumatga murojaat qildi. Jonivorlar ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...