Video
23 may 2023

Rassom Tuz: Din ishlari qo‘mitasi «lo‘xlar»ni ogohlantiradi

Din ishlari qo‘mitasi “hajga yuboraman” degan «aprslar» gapiga ishonmanglar, deb, “lo‘xlar”ni ogoxlantirdi. Ammo lo‘x va aksar qashshoqlar to‘g‘ri gapga emas, o‘zi ishongisi kelgan gapga ishonadi. 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita firmalarning yolg‘on reklamalariga «laqqa tushishma» deya qayta qayta ogohlantirdi. 

“Falon firma bilan haj qiling!”, “Haj safari uchun sanoqli joy qoldi!”, “Haj uchun yarim narxni to‘lang!” kabi jimjimador sarlavha ostidagi reklamalar ko‘paymoqda. Ayrimlar umra vizasi, turistik (ziyorat) viza, biznes viza bilan haj qilishni va'da qilmoqda, buning mutlaqo imkoni yo‘q!” deyiladi Qo‘mita xabarida.

Buni men tushuntirsam: aytaylik siz lo‘xsiz. Bir moshennik firmaga yiqqan -terganizni oborib berdingiz. U bo‘lsa pasportingizga Saudiyaga kirish uchun turist vizasi urdirib berdi. Siz o‘pkangizni qo‘ltiqlab, «hoji bo‘lishlik» orzusida Jiddaga uchdingiz. Aeroportdagi polis sizni ichkariga kirgizmaydi. Agar shunday bo‘lsa – bu eng yumshoq jazo. Turist viza bilan haj qilmoqchi bo‘lgan moshennik deb, «ichkariga apkirib darra urishiyam» hech gappas. Agar siz ko‘zingizdan siyib, «buxoriy avlodiman» deb zorlansangiz, rahmi kelib, 26 ming dollar shtrap qilsa, u polisni duo qilishlik joiz amal bo‘ladi. Shtrapni to‘lagainizdan keyin sizni cho‘rniyga tiqishadi¸ Saudiyaga kirmaydiganlar spiskasiga «atiz yoziladi». Chunki, Saudiya Arabistonida haj amallarini bajarish uchun “Haj-2023” vizasi talab qilinadi. Qolgan barcha turdagi vizalar (umra, turizm, biznes, ziyorat va boshqalar) bilan haj tadbirini amalga oshirish, Saudiya qonunchiligiga ko‘ra, qat'iyan taqiqlangan va tegishli tartibda jazolanadi. Haj qilishlikka noqonuniy yo‘llar bilan borishga intilish Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100 000 saudiya riyoli (26 000 AQSh dollari) miqdorida jarima solishga olib keladi.

Ma'lumot uchun, birgina 2022 yil Haj mavsumida 500 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik va biznes viza orqali Saudiya Arabistoniga borib, Haj ibodati maydoni “Mashoir”ga kira olmagan. Haj mavsumi arafasida ziyorat viza (turistik) olgan holda Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniya davlatlari orqali kelgan 1500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik esa Saudiya Arabistoni hududiga kiritilmagan. Jumladan, 155 nafar fuqaro Podshohlik haj qonunchiligini buzganligi uchun Saudiya Arabistonidan 10 yil muddatga deportatsiya qilingan. 

Mendan oytish. Lekin aniq bilamanki, bu yil kamida mingdan oshiq lo‘x Saudiyada jazoga tortiladi. Qarindoshlariga sabr. Chunki ashi 26 ming do‘llir ishtrapni qarindoshlar «sovop» yo‘liga to‘plab berishadi. 

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
30 oktyabr 2018
«Xorazm yoshlari» gazetasi muharriri o‘rinbosari, 47 yashar jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov 29 oktyabr kuni Qo‘shko‘pir tumani hokimligi binosida paxta safarbarligiga ...
19 yanvar 2024
RT: Azizlar mana xafta aylanib siz bilan yuzma yuzman. MS: Ina amdolli yana go‘riship duripmiz sizla bilan. Nichikizla xo‘jik brri mo‘chchi ...
10 oktyabr 2015
G‘allaorol tuman hokimi Azim To‘labov buyrug‘iga ko‘ra, paxta normasini bajara olmagani uchun ikki kunga qamalgan tuman bosh vrachi Yusuf ...
29 may 2020
Jahonning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. Ulug‘ demokrat shoir Rudakiyning bu misrlari kimgadir siyqa tuyular, ammo zinhor ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...