Rassom Tuz: Tezak tezakdan nari tushmaydi
Jonibek degan ovqat eltuvchining AQShda klient xotinnig emchagini ezg‘ilagani uchun qamalib, 20 ming do‘llar ishtrap to‘lagani haqida yozdim. Tagidagi izohlarda «o‘zbeklar hozir aynidi, ilgari bundaychikin ishdi qimasdi,» deb yozishdi.
Endi gapni ochig‘ini aytay: yuz yil oldin bachcha qiyo boqsin deya «yaqo yirtgan» el bu. Ismidan ot hurkadigan yozg‘uvchi boboylarning Do‘rmonda shairkalarni «ustida ishlaganini» o‘sha Do‘rmon bog‘idagi daraxtlar ham eslaydi.
Kinoda «superkelinchak» rolini o‘ynash uchun kamida ikki soat ezg‘ilanib, jinsiy toptalish joizligini lyuboy «ati chiqqan» o‘zbek aktrisasi biladi. Aslida O‘zbekistondan boshqa mamlakatlarda sahnada ijod qiladigan artistlarga hurmat bilan qaraladi. Masalan, Germaniyadagi kontsert zaliga tomoshabin sifatida artist kirib kelsa, odamlar hurmat qilib o‘rnidan qalqib, xush tavoze bilan olqishlaydi. Lekin ministr yoki kantsler kirib kelsa, «itmisan eshakmisan» deyilmaydi. Buning otini san'atga hurmat desak bo‘ladi.
O‘tkan asr oxirida Tojikistonda juda talantli qo‘shiqchi Muqaddas Nabieva ijod qilgan. Bevaqt olamdan o‘tkan bu ijodkor o‘z qadrini bilgan san'at arbobi edi rahmatli. Shu qo‘shiqchi O‘zbekistondagi kolxoz-sovxozlarda gastrolda yurgan. O‘sha davr tutumiga ko‘ra kontsertdan keyin kolxoz raisi artistlarga ziyofat bergan. O‘shanday ziyofatlardan birida Stalin nomli kolxoz raisi hozir osh yegan yog‘li qo‘li bilan yonida o‘tirgan san'atkor Muqaddas Nabieavaning sonini silamoqchi bo‘lgan. «Tort qo‘lingni,» deya siltab tashlangan rais gapni askiyaga burib, «endi biz xo‘rozmiz», deb maqtangan.
(Urush paytida hamma erkaklar frontga ketganda uyda qolgan kelinchaklarni bitta rais jinsiy ehtiyojini ta'minlab yurganiga ishora edi bu)
O‘zbekchani yaxshi bilgan qo‘shiqchi Muqaddas Nabieva: «Senga o‘xshagan xo‘rozlarni ko‘tiga cho‘p tiqib, donasi besh tiyindan Xo‘jand bozorida sotishyapti,» deydi.
Bugun Rossiyada yosh go‘daklar va kampirlarni zo‘rlayotgan, AQShda seksual harrasment uchun qamalayotgan o‘zbeklar o‘sha raisn toifasidagilarning avlodlaridir.
Tezak tezakdan nari tushmaydi.