Ibrat Safo: O‘zbekning qarovsiz bolalari
Jurnalist Ibrat Safo yozadi: O‘zbekistonda 8 oy ichida 25 ming nafarga yaqin bola ota yoki onasiz yashashga majbur bo‘libdi.
Oila va xotin qizlar qo‘mitasining O‘zAga ma'lum qilishicha, mamlakatdagi “oilaviy ajrashishlar sabab”, joriy yilning o‘tgan 8 oyida 25 ming nafarga yaqin bolalar ota yoki onaning to‘liq mehridan bebahra qolmoqda.
Lekin negadir chetga chiqib ishlayotganlarning farzandlari yillab, ba'zi hollarda ham otasi, va ham onasini ko‘rmay o‘sayotgani hisobga olinmabdi. Ularni yuz minglab deyish mumkin. Hulqi tufayli maxsus koloniyada o‘qitiladiganlar maktabida ishlayotgan bir tanishimning aytishicha, u yerga asosan ota-onasi chetda ishlayotganlarning bolalari tushyapti. Ayniqsa o‘smir qizlar ahvoli juda ayanchli, chunki qarovsiz qizga jamiyatda qanday jinsiy tajovuzlar bo‘lishi hammaga ma'lum.