Dayjest
23 oktyabr 2023

Rossiyadagi o‘zbeklar sevgi uchun mushtlashishdi

Rossiya. Petrburg. 17 oktyabrga o‘tar kechasi Dostoevskiy ko‘chasidagi “Kattaqo‘rg‘on” kafesi yaqinida 11 nafar o‘zbek bir birini tepkilab yotibdi. Bittasi kafedan obchiqqan stul bilan boshqasining boshiga qarsillatib soldi. Mushtlashuv paytida yangragan va o‘zbek tiliga o‘zlashib singib ketgan «dalbayop, pidarras, ssuka, kazzyol, yiban, xuy» kabi kalimai muboraklar qadimiy Piter osmonidagi qarg‘alarni ham cho‘chitib yubordi. 23 yoshdan 42 yoshgacha bo‘lgan 11 o‘zbek bacha 34 yashar sartarosh xotinni talashib, bir birini yarim soatcha do‘pposlashdi.

Sevgi hatto Rossiyadagi dangasalarga ham kuch ato qiladi. Politsiya va taqirbosh o‘rislar oldida maysadan past, suvdan sokin yuradigan hokizor o‘zbeklar butun kuchini bir birini urib tepishga sarflashdi. O‘zbek tili bayrami arafasida mushtlashuv paytida o‘zbekcha so‘kishlar ham ishlatilgani shoyon tahsinga loyiq. Janjal qatnashchilari o‘z so‘kishlarida bir birlarininng onalari bilan jinsiy aloqa qilish istagini ochiqlashdi.

Mojaro haqidagi xabar kelib tushganidan yarim soatcha o‘tib kafeni oldiga «viy viy qilib» politsiya moshini «voozz» etib keldi.
Politsiyani ko‘rgan o‘zbek janjalkashlar xuddi sehrlanganday shalpayib qolishdi. Bir ikkitasi qochmoqchi bo‘lgan edi politsiya ishorasi bilan darrov qo‘lini ko‘tarib taslim bo‘ldi.

Piter politsiya xodimlari tomonidan ichki ishlar bo‘limiga 23 yoshdan 42 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar O‘zbekiston qashshog‘i, jumladan, janjalga sabab bo‘lgan g‘ar o‘zbek xotin ham olib ketildi. O‘zbeklar talashgan xotin 34 yoshda. Sartarosh bo‘lib ishlaydi.

«Agar oshiqlaring ming bitta bo‘lsa, bilgilki, alarning o‘n biri menman» deb yumuriq tukkanlardan ikki kishi yopiq bosh jarohati, miya chayqalishi va ko‘plab ko‘karishlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hibsga olinganlarga nisbatan migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun 6 ta, mayda bezorilik uchun 8 ta bayonnoma tuzilgan.
Bundan tashqari, tekshiruv natijalariga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mojaroning to‘rt ishtirokchisi bezorilikda gumon qilinmoqda.
Kima aytadi sevgi yo‘q deb. Ishonmasa, Piterning Dostaevskiy ko‘chasidagi Kattaqo‘rg‘on kafesiga borsin.

Sevgimiz o‘ldimi? Libosingiz ko‘k,
Ko‘nglingiz – begulxan, ko‘zingiz-becho‘g‘.
Bizdan borish yo‘qdir, sizdan kelish yo‘q-
Kelishsiz dunyoda beg‘am, azizim,
Nega ko‘zlaringiz benam, azizim. (U. Azim)

@Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
19 yanvar 2024
RT: Azizlar mana xafta aylanib siz bilan yuzma yuzman. MS: Ina amdolli yana go‘riship duripmiz sizla bilan. Nichikizla xo‘jik brri mo‘chchi ...
16 iyun 2017
Islom Karimov hukmronligi davri amaldorlarning so‘kong‘ich, urong‘ich bir toifasini paydo qildi. Bu toifa o‘z qo‘l ostidagilarni, aholi vakillarini do‘pposlash, ...
24 aprel 2017
So‘nggi ikki hafta davomida o‘zbek televideniesining bosh xabar dasturlari «Davr» va «Axborot»da sezilarli o‘zgarishni kuzatish mumkin. Teleko‘rsatuvlarda garchi, yangi ...
13 yanvar 2020
Uchko‘prik tumanidagi bir guruh fermerlar prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan klaster tizimi o‘zlarini xonavayron qilayotganidan shikoyat etishdi. Bu muammoni ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...