Asosiy mavzular
17 mart 2024

Rassom Tuz: «Selka nechpuldan bo‘votti?»

Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ girdini ham ontarib qaraydi. Demak hamon mavzu bokiralik. O‘zbekcha selka degan so‘z bu ruscha tselka so‘zidan o‘zlashgan. Hech kim real hayotda qiroatini keltirib arabcha bokiralik demaydi. Selkasini oldim deydi. Xullas qizlarga savol: Sizlar o‘z qizlik pardangizni mol matah deb bilsangiz uni qancha pulga narxlagan bo‘lardingiz?
Hazillashayotganim yo‘q. O‘z qizining bakoratini saudiyalik boy otaga besh ming dollarga sotgan samarqandlik ona hikoyasini bilaman.

First Nightda 11 mart kuni O‘zbek qizlari oxirgi ilovani 4-soat oldin qo‘ygan. Biri 100000$,ikkinchisi 9000$ narx qo‘yishgan. Qizlar First Night (“Birinchi tun”) xalqaro auktsioni orqali o‘z “qizligi”ni sotuvga qo‘yishi mumkin. (Bu riklom emas lekin)

First Night onlayn auktsionida Markaziy Osiyo davlatlarida yashovchi qizlarning e'lonlari juda ko‘p uchraydi. Musulmon davlatlari orasida eronlik qizlarning e'lonlari ko‘proq.
Auktsionda “qizlik” yosh va chiroyga qarab baholanadi hamda uning narxi 3 ming dollardan 1 million dollargacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.

Marshall orollaridagi shirkat ta'sis etgan First Night auktsioni rasmiy saytida ta'kidlanishicha, shirkat “oldi-sotdi jarayoni uchun mas'ul emas va hech qanday javobgarlikni zimmasiga olmaydi”.
Saytdagi ma'lumotlarga qaraganda, qizlar ham, erkaklar ham o‘z e'lonlarini mustaqil qoldirish va o‘chirib tashlash huquqiga ega.

Sayt rasmiy vakilining aytishicha, oldi-sotdi jarayoni “sotuvchi va xaridor” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi, auktsion bu ishga aralashmaydi. Sayt ma'muriyati qizlardan kelgan fotosuratlarni tekshirish va ularning haqiqiyligini tasdiqlash bilan cheklanadi.

Eltuz suhbatlashgan yuristlar nazarida bu kim oshdi savdosi qonunan taqiqlanmaganligi uchun unga huquqiy e'tiroz yo‘q.

O‘zbekiston qonunchiligida o‘z bokiraligini sotmoqchi bo‘lgan qizning harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni aks etmagan.

O‘zbekiston qonunchiligi bunday harakatlarni taqiqlamaydi va ayni paytda ruxsat ham bermaydi. Qonun bilan taqiqlanmagan harakat esa, xalq orasidagi mashhur ibora bilan aytganda, ruxsat etiladigan harakatdir.

Sotsa o‘zinikini sotibdi senga nima? Bitta dardisar pultopmas parazit Eshmatga berib yarim yildan keyin ko‘tga tepilish istiqboli yaxshimi? Ëki «binnasalik bo‘p qogan» ma'qulmi?

Masalan otasi Xindistonda operatsiya bo‘lishi kerak. Ammo pul yo‘q. Shunda qizgina o‘z shamini sotib o‘sha operatsiyaga spo‘nso‘r bo‘sa savobmi yo gunox?

Matjon suqilish: Yo‘q bo‘lmaydi bu gap. Mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydi kuspurushlik O‘zbek qizi selkasini saqlashi garak.

Ayni paytda O‘zbekiston bu global dunyo parchasi. Dunyo ellari qatoridan xato bo‘lmay ayfon olinadi¸ el qatori gelik yoki velik miniladi.

Globallashuv jarayonida o‘z qizligini sotish xuddi somsa sotganday odatiy bo‘lib qolish extimoli bor.

O‘zbekistonda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida bo‘lgani kabi nikohdan so‘ng o‘tadigan birinchi tunda qizlarning bokiraligi alohida ahamiyat kasb etadi.

Yanga deb nomlangan maxsus mufattishlar guruxi ilk seks oqshonidagi qo‘shilishni nazorat qiladi. Ular «OK» deb dobro berib qonli choyshabni ko‘rsatsa tashqaridagi mardum va afkor omma qarsak chalib o‘yinga tushadi.

Matjon suqilish:
O‘g‘lingiz uvildiriq soldi degan yangaga Xonaqada 100 dollar sevinch puli beriladi!
Ammo to‘ydan so‘ng kuyov tomon “bokira emas” deb hisoblagan kelin sharmandalarcha uydan haydaladi. Btus u oilaga tavqi la'nat yog‘iladi. Urganchda shunday qiz chiqmagan uy eshigini bo‘q bilan suvab ketishganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman.
«Qiz saqlagauncha tuz saqlasam bo‘lmasmidi» deydi bunday paytda bechora ota ena.
Mavzuga qaytsam.
2008 yilda AQShlik 22-yashar a Natali Dilan o‘z qizlik pardasini onlayn-auktsionda sotuvga qo‘ydi. Dastlabki narx 700 ming dollar edi. Qizlik pardasi kim oshdida 3 million dollarga sotildi.
Shundan keyin bu tijorat tez tarqaldi. Qozoq matbuotiga ko‘ra o‘sha yili Olmaotalik 18 yashar Kseniya o‘z qizligini sotuvga qo‘ygan. Qizlik pardasi uchun olgan 700 ming tanga Kseniyaga baraka keltirmadi. Bugun Kseniya bu savdoga kirganini umrlik xato deb hisoblaydi.

2021 yili Dushanbelik 23 yoshli qiz First Night (“Birinchi tun”) xalqaro auktsioni orqali o‘z “qizligi”ni 10 ming dollarga sotuvga qo‘ygandi.
Bu dushanbelik qizgina “Men nozik qizman, kelajakda yaxshi xotin bo‘lish uchun boy erni izlayman. Itoatkor, nazokatli va mehribonman. Men hali bokiraman”, degan e'lon qo‘ydi.
Tojik afkor ommasi bu xabarni ikki kun muhokama qildiyu keyin unutdi. Ammo bakoratni sotish istagi yo‘q bo‘lib ketmadi. Talab bo‘lgan joyda taklif ham bo‘ladi
Devor dar dorad¸ dar mush dorad¸ mush go‘sh dorad deyishadi qo‘shnilar.
Qizlarga savol: Siz o‘z qizlik pardangizni qanchaga baholagan bo‘lardingiz?
Matjon suqilish: Shu ramazon kunlarida tangri taborakka yukinib so‘rayman. Ey tangrim bizlarni qizlarga baxtu saodat erkaklarga esa aql ber…

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
3 noyabr 2021
Odatda ichki siyosiy masalalar yuzasidan jamoatchilik fikridan o‘zini tiyadigan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov to‘satdan xorijda “pistirma”da turgan ...
10 avgust 2023
Eltuz e'lon qilgan Bulung‘urda IIB xodimlari kaltaklagan o‘spirin videosi yuzasidan ichki ishlar idorasi munosabat bildirdi. “Xodimlar qo‘pollik qilib urayapti”- ...
12 fevral 2020
Gapning qisqasi, «Ilhom» teatrini o‘z o‘rnida qoldirishga erishildi. Ammo Toshkentdagi «Ilhom» teatri atrofida gap chuvalashdi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Ilhom» teatr ...
31 avgust 2020
«Temir daftar»da, ya'ni surunkali kam ta'minlanganlar ro‘yxatida to‘qlikdan cho‘chqaday semirgan, yem yegan eshakdek tepong‘ich kimsalar ham bor. Ko‘p. Ular ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...