Catira
31 avgust 2020

«Temir daftar»da moddiy muhtoj bo‘lmaganlar ham bor

«Temir daftar»da, ya'ni surunkali kam ta'minlanganlar ro‘yxatida to‘qlikdan cho‘chqaday semirgan, yem yegan eshakdek tepong‘ich kimsalar ham bor. Ko‘p.

Ular bu ro‘yxatga shantaj vositasida o‘rnashgan yoki MFY raisi bilan moddiy yordamni o‘zaro «arra» qilishga kelishgan.

Xalqning ko‘zi ko‘r emas-ku, hamma narsani ko‘rib turibdi.

Mahalladagi yosh, baquvvat, g‘izilab mehnat qilib pul topib yurgan, dang‘illama uyda yashaydiganlar doimiy yordamga muhtojlar safida ekanligini eshitib, hayratdan yoqa ushlaysiz.

Ular orsiz, imonsiz zotlardir.

Haqiqiy muhtojlar bilan gaplashsangiz, ular hech qanday moddiy yordam olmayotganini eshitib taajjublanasiz.

Chinakam muhtoj odam odatda oriyatli, nomusli bo‘ladi, ayrimlarga o‘xshab ko‘zining siydigini oqizib, rahbarlar yoniga bormaydi.

Puli, moli yetarli, o‘zi sog‘lom va yosh kimsalar qanaqa qilib muhtojlar ro‘yxatiga o‘rnashib oldi ekan?!

Bu ishing uyat bo‘lmaydimi, desangiz, gap ta'sir qilmaydi, chunki ularda uyat yo‘q.

Albatta, bu kabi adolatsizliklar sofdil odamlar qalbida ijtimoiy norozilik, davlat odamlariga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini paydo qilishi shubhasizdir.

Deputat degan jonivor xalq bilan tez-tez uchrashishi, ularni mazlum qilgan muammolarni aniqlashi va yuqori davlat idoralariga havola qilishi kerak-ku.

Qurg‘ur bizning deputatlar ham o‘zimizga mos…

Davlat ajratayotgan moddiy yordam haqiqiy ehtiyojmandlarga yetib borsin.

Tovba. Kam ta'minlanganlar ro‘yxatida ertadan kechgacha ichib axlatiga botib yuradigan sassiq alkashlar ham borligi esa qiziq.

Alkash va dangasalar, hatto yegani noni qolmaganida ham, muhtoj hisoblanmaydi.

Yozuvchi Rahimjon Rahmat hikoyalaridan

Tag‘in o‘qing
25 fevral 2021
Bolaligimda mendan 5-6 yosh katta qo‘shni kaptarvoz bola bo‘lardi. Ko‘pincha kaptarlari bizning hovlimizga uchib kelib qolardi. Hovlimizda u joy, ...
4 avgust 2021
“The Diplomat” nashri 2 avgust kuni Rossiya va O‘zbekiston qo‘shinlari Afg‘oniston chegarasiga yaqin hududda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini boshlagani haqida ...
27 noyabr 2022
Rossiyaning mustamlakachilik siyosati ta'siri ostidagi O‘zbekistonning bugungi hukumati Turkiston muxtoriyati tuzilgan sanani atay unutishga intilib keladi va bu sana ...
21 iyun 2023
Dunyodagi ilk boshqaruv tizimi g‘or davrida bo‘lgan. Qabila oqsoqoli qo‘tosni ushlay olmay qochirib yuborgan ovchining o‘zini qoziqqa o‘tqazib, gulhanda ...
Bloglar
13 sentyabr 2023
Islom Karimov odamlar orasida yashamagani uchun yutuqlarga erisha olmadi. U o‘zining virtual yopiq dunyosini yaratdi ...
12 sentyabr 2023
(Bir to‘y haqida o‘y) Qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning to‘yiga bir million dollarning tepasida rasxod bo‘ldi. Pulni ...
20 avgust 2023
Fayzulla Ubaydullo Xo‘ja o‘g‘li, ya'ni Fayzulla Xo‘jaev 1896 yil 15 martda Buxoro amirligida tug‘iladi. Otasi ...