Ko‘zqarash
24 oktyabr 2024

Yaxshi odam haqida RTdan ertak

Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha qaytib kelmabdi. Bir qarindoshi kelib gilamlarini so‘rab olib badar ketibdi. Notanishlar kelib idish tovoqlarni so‘rab olishibdi. Oxirida bir odam kelib uyingni menga ber desa yaxshi odam uyini bervoribdi.
Uysiz qolgan yaxshi odam dunyo kezishga qaror qildi. Yo‘lda ketayotsa uchta odam qumloq yerni chopayotgan ekan. Odamlar unga qarab «Ey darvish shu yer bizga otamizdan meros qoldi. Ammo qumloq yer nima ekasak ham bitmayapti» deyishdi. Yaxshi odam «otangiz nima deb vasiyat qilgan edi?»deb so‘radi.
«Uchovlon bir bo‘lib mendan meros yerni ag‘daringlar kam bo‘lmaysizlar» deya vasiyat qiluvdi deyishibdi odamlar.
Yaxshi odam yerni o‘rtasiga borib xassasini tiqqan ekan qattiq narsaga tegibdi.
«Shu yerni qazinglar» debdi yaxshi odam.
Odamlar qazisa xum to‘la oltin chiqibdi. Odamlar bu oltindan bir qismini chorsiga tugib yaxshi odamga berishibdi.
Yaxshi odam olmabdi va yo‘lida davom etibdi.
Yo‘lda ketayotsa daryoda katta bir baliq suvdan yarmi chiqqanicha suzolmay turgan ekan. Baliq yaxshi odamga yolborib «men nega barcha baliqlar kabi suza olmay qiynalib yotibman» deb so‘radi.
Yaxshi odam qarasa baliq suzgichlari orasiga tosh kirib qolgan ekan. Yaxshi odam bu toshni hassasi bilan kavlab olib qirg‘oqqa qo‘ydi. Baliq bemalol suzib ketdi. «Ey yaxshi odam sen meni hayotga qaytarding. Suzgich qanotlarim orasiga kirib qolgan tosh oddiy toshmas balki qimmatbaho olmos edi . Ol uni» debdi baliq.
Yaxshi odam bo‘lsa «menga olmos ne kerak» deya kattagina qimmatbaho brilliantni daryoga irg‘itib yubordi va yo‘lida davom etdi.
Yo‘lda u bir och arslonni ko‘rdi. Arslon xolsiz yotar edi. «Ey yaxshi odam men xoldan toyib yurishga ham holim yo‘q buning chorasi nima?» debdi Arslon.
Yaxshi odam qarasa arslon ochlikdan qiynalgan.
«Sen yaxshilab ovqatlanishing kerak. Ammo saxroda biror bir tirik jon ko‘rinmaydi sen yeydigan¸. Yaxshisi meni yeyaqol» debdi yaxshi odam.
Arslon bir irg‘ib yaxshi odamni ustiga o‘zini otdi va yaxshi odamni yeb qorinini to‘yg‘azdi.

Shunday qilib dunyoda yaxshi odam bittaga kamayibdi.

Aziz do‘stim siz o‘zingizni yaxshi odam deb bilasizmi? Kim u yaxshi odam. Nasiba Abdullaeva kuylagan «yaxshi odamlar» qaysi planetada yashaydi?

Eltuz – O‘zbekiston va o‘zbeklarning siyosiy kayfiyatini aks ettiradigan maydon. Kanal homiysi bo‘ling va siz eksklyuziv bonuslarga ega bo‘lasiz. Batafsil ma'lumot:    / @eltuz  

Tag‘in o‘qing
2 sentyabr 2016
Prezident o‘limidan bir hafta o‘tib ham uning tirikligi, sog‘lig‘iga duoda bo‘lishga chaqiriqlar tingani yo‘q. Ayni ayuxannoslar fonida Islom Karimovning ...
5 sentyabr 2016
Karimov o‘limi undan kasal va zaif bir jamiyat va uni shu ahvolga solgan rejim yashashda davom etayotganini namoyish qildi. ...
18 yanvar 2016
Rejalar zo‘r, aslidachi? Rasmiy nashrlarda yozilishicha, O‘zbekiston prezidenti Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida mamlakatning yalpi ichki mahsulotini 2030 yilgacha 2 barobar ...
17 mart 2020
O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi kirib kelgani bois joriy yilning 16 martidan karantin e'lon qilinishi bilan mamlakat bӯylab narx-navo oshishi kuzatildi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...