Ko‘zqarash
28 oktyabr 2024

Botqoqlikda qolgan Urganch sudi

(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub)

“Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi kunda fuqarolarga byudjet idoralari tomonidan zarar yetkazilganligi hamda ushbu zararlarni miqdorini o‘z nafsidan kelib chiqib belgilamoqda.

Nima emish, fuqarolar tomonidan arizalarida ko‘rsatilgan zarar uchun qaror chiqarib berishi uchun fuqarolar tomonidan ko‘rsatilgan otning kallasiday pullarning bir qismini berishi kerak.

Yaqinda Bog‘ot tumani tibbiyot birlashmasining erkatoy sobiq rahbari T.Kenjaevni qayta ishga tiklash to‘g‘risidagi Yo.A.Almosovning qarori qanday qonun hujjatlari asosida chiqarilgan, bilmasak ham, lekin qancha pulni qaysi advokat orqali olib chiqarganini bilamiz. T.Kenjaevga nisbatan prokuratura tomonidan jinoyat ishi ochilgan edi.

Ushbu jinoyat ishi doirasida hamma aybiga iqror bo‘lib, pushaymonlik arizasi bergan. Jinoiy ishlar bo‘yicha Tuproqqal'a tuman bo‘limi tomonidan oqilona ko‘rib chiqilib, T.Kenjaevga nisbatan JKning 45-moddasini qo‘llab hukm chiqarilgan.

Eng qizig‘i, T.Kenjaev 2023 yilning fevral oyidan 2024 yilning mart oyigacha go‘yoki o‘zini navbatchi shifokor sifatida ishladi, deb soxta hujjatlarda ko‘rsatib kelgan. Shu bilan birga jami 300 mln so‘mdan ortiq byudjet mablag‘larini ishlatib, tergov jarayonida yetkazilgan zararni qoplab bergan.

T.Kenjaev rahbarlik qilgan davrida uning 6 ta xodimi departament tomonidan pora bilan qo‘lga olingan. Ushbu holatlardan kelib chiqib Xorazm viloyati sog‘liqni saqlab boshqarmasi T.Kenjaev bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilgan.

Biroq Urganch tumanlararo sud raisi Almasov qonun va mehnat kodeksiga tupurib T.Kenjaevni ishga tiklash yuzasidan qaror chiqargan.

Hozirgi kunda qonun ustuvorligini ta'minlash hamda sudlarda korruptsiyadan yiroq kadrlarni tayyorlash hurmatli Prezidentimiz talabi.

Shulardan kelib chiqib Bosh prokuror va uning jamoasidan Urganch tumanlaro sud raisi Yo.A.Almosov tomonidan chiqarilgan qarorlarini o‘rganib, botqoqlikni tozalab berishlarini so‘raymiz.”

Tag‘in o‘qing
25 may 2023
Navoiy nomli  o‘zbek tili adabiyot universiteti birovning loyihasini o‘zlashtirib davlatdan 2 milliard so‘m  undirmoqchi bo‘lganmi? «Adabiyot universiteti nadur?» Rassom ...
13 oktyabr 2015
Mana, dengiz tubidagi mayda toshlarni ham ko‘ra oladigan g‘avvoslar paxtaga chiqdi.  Ular ham futbolchi, kinochi, imom va fohishalar ortida ...
23 mart 2022
Ukrainada Rossiya boshlagan urush 27 kundan buyon davom etarkan, Shavkat Mirziyoev 21 mart kuni tag‘in Vladimir Putin bilan telefonda ...
17 oktyabr 2023
Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy”, “Baxti Yangiabadskiy” taxalluslari bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullaev 14 oktyabr kuni o‘zining 52 yoshini Qibraydagi uyida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...