Demokratiya va avtokratiya: Qudratlar ayrilgan tuzum ahamiyati
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan Germaniya prezidenti «Anavini ishdan ol, manovdi qamab tasha,» demaydi. Germaniyadagi vazir o‘zining vazir ashnasiga «Mo‘htaram men bilan gaplashmay qo‘ydi. Ishdan obtashasa kerak» deb yig‘lamaydi.
Doychebann temir yo‘llari boshqarma boshlig‘i gazetada ishlaydig‘on qudasini oldiga borib, «Bosh vazirning akasi haqidagi maqolani obtashang, bo‘masa meni qamashadi» demaydi. Nega demaydi? Chunki qudratlar ajralgan.
Hatto diniy zombilar xalifa deb konchat qib tashaydigan Erdo‘g‘on ham Istambulning sharafli hokimi Akram Imomo‘g‘lini ishdan ololmaydi. Hozir qamag‘da o‘limtik bo‘lib yotgan Salim degan kriminal bir tip «Mirziyoev poshshomiz» deb maykasiga yozdirgandi. Yuridik fanlari kandidati bo‘lgan troynoy shallaqi hoji ashlachi Yulduz Usmonova ham «poshshoyimiz» deydi. Dilpuz degan arts «Sultonim» deb chiquvdi.
Podsho, sulton, qirol yoki amir lavozim otadan bolaga o‘tadigan monarxiya tizimida bo‘ladi. O‘zbekistondagi rahbar saylab qo‘yilgan xizmatkordir, xolos. Absurd shuki, bu haqiqatni Mirziyoevning o‘zi ham aytgan. «Davlat mulozimi – bu xizmatkor» degan. Mirziyoev tushungan gapni el ulus tushunishni ham istamaydi.
Genlarida laganbardorlik kodlangan manglayi qora elat bu. Birinchi rahbarga cheklanmagan vakolat berib, uni tizginlash tizimlari ishlashini istamagan xalq cheklanmagan zulm bilan yuzma yuz bo‘ladi. O‘sha cheklanmagan zulm oqibatida ishdan olinib qamoqqa tashlanganlarni bugun qamoqdan chiqarsangiz yana «sultonim» deb o‘zini mo‘htaram ayag‘i tagiga otadi.
Bo‘ldida endi,bir tashading, ikki tashading. Ya'ni bular avtokratiyaning yomonligini tushunib yeta olmaydi. Miyasida o‘sha tushunadigan joyi yedirilib ketgan. Tarixiy parallel keltirsam.
O‘ris bosib olishidan bir hafta oldingi Xiva xonligi. Xonog‘o (Madrimxon) bitta vazirni korruptsiyada ayblab ishdan bo‘shatadi. O‘sha vazir xonog‘oning yoshi katta qarindoshlari qalbiga xitrlik yo‘llari bilan kirib, «ishdan bo‘shatish»ni atmen qildirishni so‘raydi.
Xonog‘aning yoshi katta qarindoshi ertalab Madrmxonning oldiga boradi. «Otang sendan xapa. Nega anavi vazirni ishdan olding,» deydi. Xonog‘a hayron bo‘lib: «Otam palon yili o‘luvdi¸ davno ko‘karib chiqqan. Qanday qilib xapao‘ladi,» deydi. Qarindosh ham bo‘sh kelmay: «Tushimga kirib aytdi,» deydi. Xonog‘a bo‘lsa «Nega meni tushimga kirmadi» desa, qarindosh unga: «Chunki sendan xapa,» deydi. Argument – beton.
Shundan keyin xonog‘a vazirni bo‘shatish haqidagi farmonni yirtib tashlab, «ishga qoytarib qo‘yinglar bu to‘ramni, oyligini oshiringlar, mendan bitta to‘n ham padarka qilinglar. Illo o‘lgan otam rozi bo‘lsin mendan,» deydi.
Bu anekdod emas bo‘lgan voqea. Bayoniy yozib qoldirgan. Bu o‘rislar Xivani bosib olishidan sal oldin 1873 yil boshida bo‘lgan voqea. O‘sha yili Ispan xalqi o‘z qirolini ontarib tashab respublika e'lon qilgan edi.