Ko‘zqarash
7 yanvar 2025

Kirpi Kundaligi: Xushnud ziyolilarga nega tahdid qilmoqda yoxud 1000kitob atrofidagi janjallar

Ijtimoiy tarmoqlarda “1000kitob” loyihasi bo‘yicha turli gap-so‘zlar aylanib yuribdi. Mansab talashuvi, ziyolilarning guruh-guruh bo‘lib, bir-biri bilan qirpichoq bo‘lishi, Xushnud Xudoyberdievning ziyolilarga qarata qilgan qo‘rqinchli tahdidlari. O‘zi nima bo‘ldi? Kirpi bugun “1000kitob” keysi bo‘yicha taftish olib boradi. 

Bu qanday loyiha? 

1000KITOB – prezidentning 380-sonli qaroriga asosan xorijiy tillardagi eng sara darsliklar, ilmiy-ommabop va badiiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish va chop etish loyihasi. Loyiha doirasida 2024-yilda 50 nomdagi kitobni o‘zbek tiliga o‘girish va chop etish rejalashtirilgan va davlat budjetidan 20 mlrd so‘m ajratilgan. Joriy yil uchun esa 12 mlrd ajratildi va ushbu xabar turli munozaralarga sabab ham bo‘ldi.

Janjal nimadan boshlandi? 

Loyiha menejeri Xurshid Yo‘ldoshning menejment to‘g‘risidagi tvitidan so‘ng faollar tomonidan turli savollar yuzaga kela boshladi. Ma'lum bo‘lishicha, loyihaning boshqa menejeri Mehrinoz Abbosova loyiha ofisi xodimlarga majlis qilib, Xurshid Yo‘ldosh bilan faoliyatni davom ettirmasliklarini va bu Alisher Sa'dullaev qarori ekanligini aytgan. Loyiha redaktorlaridan biri ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Alisherdan jamoatchilik oldida ushbu qaror haqida so‘ragan. Alisher hali hisobotlar bilan tanishmagani va hech qanday qaror qabul qilmaganini aytgan. Shundan so‘ng barcha nigohlar va savollar Mehrinozga qaratildi. 

Mehrinoz o‘z sahifasida rasmiy bayonot bilan chiqib, hech kimni haydamoqchi bo‘lmaganini, faqatgina Xurshid Yo‘ldoshni ijodiy menejer darajasiga tushirib, o‘zi asosiy loyiha menejeri sifatida qolishni istaganligini aytdi.

Mehrinozning bayonoti holatni battar chigallashtirib yubordi. Ziyolilar ikki armiyaga bo‘lindi, go‘yoki loyihaga tish-tirnog‘i bilan yopishgan Yo‘ldoshev va uning ijodiy jamoasi hamda ekspertlar guruhini tashkil etgan blogerlar va mutaxassislar guruhi. Aynan shu guruh tarmoqlarda loyihanin eski jamoasi a'zolarini tahqirlash va obro‘sizlantirish kampaniyasini boshlab yubordi. 

Ushbu majlisda bo‘lgan jamoa a'zolari ushbu bayonot yolg‘onligiga ularda isbot bo‘la oluvchi audioyozuv borligiga ishora qildilar, shundan so‘ng janjalga boshqa blogerlar aralashib ketdi. 

Blogerlardan tashkil topgan ekspertlar jamoasi

Ushbu loyiha kitob tarjimasi, matn muharrirligi borasida tajribaga ega mutaxassislarni o‘zida jamlashi lozim edi. Ammo ekspertlar guruhida hech qaysi kategoriyaga tushmaydigan “mutaxassislar” talaygina, ya'ni Mehrinozning o‘z davralaridan yig‘ilgan dugonalari hamda konfliktli vaziyatda unga qalqon bo‘lib bera oladigan blogerlar tashkil etadi jamoani. Ulardan biri – Xushnud Xudoyberdiev. Er-xotinning bir loyihada birga faoliyat yuritishining o‘zi manfaatlar to‘qnashuvi emasmi? Tarmoqda redaktorlarni talayotgan, ichkaridagi gapni tashqariga olib chiqding degan iddaoni ilgari surayotgan ushbu “ziyolilar” ichlaridagi shu muammoga nega e'tibor qaratishmagan? Xushnud noshirlik, tahrir, tarjimada qanday tajribaga egaki, bu loyihaga ekspertlik qila oladi? 

Mehrinoz menejmentni bo‘lishdan avval mana shu savolga javob bera olishi kerak. O‘z turmush o‘rtog‘ini ekspertlar guruhiga bosh qilib, qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan odam kadr siyosatini yuritishi qanchalik adolatli, bu savol sizga, aziz mushtariylar. 

Tarmoqlardagi bahslar, janjallardan oq mo‘ynaga o‘ralgan beg‘ubor yuz ortida ancha-muncha qing‘irliklar yashiringanini odamlar sezib, haqli va o‘rinli savollar bera boshlashdi. Odamlar ikkinchi tomonning javobini hanuz eshitmadi. Shundan so‘ng ekspertlar guruhi tomonidan majlis o‘tkazildi, u yerda qatnashgan va guvohlik bergan faollar, loyiha xodimlarining aytishicha, Xushnud go‘yoki o‘zini rahbarday tutib, jamoa xodimlarini majlisda yozib olingan audioovozlarni tarqatmaslik bilan tahdid qilgan. “Odob-axloq qoidasi” ishlab chiqishni taklif qilib, ichkaridagi gapni tashqariga olib chiqqan har qanday xodimni jazolashni taklif qilgan. Oddiy ekspertlar guruhi a'zosi uchun nihoyatda ulkan vakolat emasmi bu? Hatto Alisher Sadullaevda ham buncha vakolat bo‘lmasa kerak. Ekspertlar faqat kitob sifatiga ekspertlik qiladi degan bayonotlar yolg‘onmidi?

Xushnud uning xotiniga bo‘lgan bosimlar uchun har bitta xodimdan “so‘rab olishi”ni, xotini kech 12 da uyga qaytayotganini, agar xotiniga kimdir bosim qilsa, “ko‘tini yirtishi” ni aytib tahdid qila boshlagan. Majlis baqir-chaqirga aylangach Eldar Asanov va boshqa ziyolilar uni yelkasidan ushlab tashqariga olib chiqishgan.

Mana sizlar ishongan ziyolilar, ularning ziyo ulashuvchi loyihalari va konfliklarni “ziyoli” kabi hal qilish metodlari.

Ushbu loyiha xalq oldida o‘z imidjini tut kabi to‘kib bo‘ldi, buning uchun loyihani kutayotgan ziyolilar Mehrinoz Abbosova va uning rafiqi Xushnudga rahmat aytishlari kerak. Mehrinozning mansabga va nepotizmga o‘chligi bor ekan, u bosh bo‘lgan hech qaysi loyiha ko‘karmaydi. Timur Eshmetovning majlisda aytgan gaplarida jon bor, bu ziyolilar bilan bunday loyihani qilib bo‘lmaydi, pul, manfaat, obro‘ aralashgan joyda ham ma'nan, ham moliyaviy qashshoq ziyolilar bir-birini g‘ajiydi, bir tanga ustida bir-birini qopadi, taklif berilganidek, Markaziy bank tasarrufiga o‘tkazilganda shuncha gap-so‘z bo‘lmasdi balki. 

Loyihaning taqdiri qanday? 

Loyiha kerakmi? Albatta kerak, xalq uchun foydali loyiha, ammo bu kabi “ziyolilar” va ekspertlar guruhi qo‘lida qolgan loyihaning ertasi voy, sarflangan pullar uvol. Ushbu loyihadan tomorqasiga agat ochgan ziyolilar har qancha baqirib-chiranmasin, bir narsa aniq bo‘ldi: Mehrinoz va Xushnud bu kabi loyihalarga eng noloyiq shaxslar va ular tufayli bu loyiha bor obro‘sini to‘kib bo‘ldi. Shuning uchun ham bu yil 20 mlrd o‘rniga 12 mlrd ajratildi, vaholanli loyiha 2024-yil uchun va'da qilingan 50 ta kitobni hali xalqqa taqdim qilgani yo‘q. O‘tgan yilgi va'dalar bajarilmagani holda bu yil uchun ham yana shuncha so‘rash ahmoqlik va mantiqsizlik. 

Muammoni kadrlarni yo‘qotib hal qilish esa menejmentdan uquvsizlikni bildiradi. 2024-yil uchun va'da qilingan kitoblar katta ehtimol mart oyida dunyo yuzini ko‘radi. Balki Mehrinoz o‘tgan yil va'da qilingan kitoblar chiqmagani uchun Xurshidga “qurbon echki” tamg‘asini urib, yangi o‘z gumashtalaridan tarkib topgan jamoa bilan o‘tgan yilgi kitoblarni taqdim qilib, natija qayd etganini va o‘z nomini abadiylashtirishni reja qilgandir, bizga qorong‘u, biroq fakt shuki, bugun ko‘plab ziyolilarni “1000kitob” loyihasi jamoasidsgi kabu guruhlarga bo‘lib yuborgani uchun u bosh aybdor va qilgan qilmishlari uchun xalq oldida javob berishi kerak. 

Kirpi bu mavzuga nuqta qo‘ymadi. Keyingi taftishda 1000kitob loyihasini saqlab qolish bo‘yicha o‘z takliflari bilan ulashadi. 

Xushnud, Mehrinoz, Alisher triosiga esa alohida to‘xtaladi. 

Ziyolilar, Eltuzni kuzatishda davom eting.

Tag‘in o‘qing
17 dekabr 2019
So‘kong‘ichligi bilan nom chiqargan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev 2 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda tarqalgan navbatdagi audioyozuvida gaz yo‘qligi ...
5 avgust 2020
Kiev markazida bankni portlatish bilan tahdid qilgan O‘zbekiston vatandoshi bir necha soat davomida muassasa direktorini garovda ushlab turganidan so‘ng ...
17 aprel 2023
1970 yilning boshida «Bitlz»ni tark etganidan so‘ng Pol Makkartni (McCartney) o‘zining ilk yakkaxon albomini chiqardi. Bu vaqtga kelib «Bitlz» ...
14 yanvar 2024
O‘zbekistondagi “vorovskoy mir” haqidagi xabarlarga qiziqadiganlar ekran qarshisiga yaqinroq o‘tirishingizni so‘rayman. Demak, O‘zbekiston jinoyat olamida katta evrilish. Sizning e'tiboringizga ...
Bloglar
7 yanvar 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda “1000kitob” loyihasi bo‘yicha turli gap-so‘zlar aylanib yuribdi. Mansab talashuvi, ziyolilarning guruh-guruh bo‘lib, bir-biri ...
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...