Ko‘zqarash
20 yanvar 2025

Uyida karkidon boqqanlar jazolanadi

O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni imzoladi.

Yo‘lbars¸ fil¸ jirafa¸ qo‘tos¸ karkidon¸ bo‘ri¸ shog‘ol tulki kabi yirtqich hayvonlar¸ akula kit dengiz kirpisi va timsoxlar¸ kobra va o‘qilonlar¸ xullas Nux payg‘ambar kemasiga chiqib to‘fondan omon qolgan yirtqichlarni uyda yoki tsirkda boqish qatiyan taqiqlandi.

Bonkada zaxarli chayon va o‘rgimchaklarni saqlab maxliyo bo‘lib o‘tiradigan juvon opalar zudlik bilan bu chayonlarni ekovazirlikka topshirishi yetadi.

Bunaqa juvon opa kennayilar va ularning qaynonalari bor uyda chayonga xojat yo‘q.

Maymun o‘ynatuvchilar endi kasbini o‘zgartirsin. Qo‘ynida ilon saqlaganlar jazolanadi.

Qo‘yningda ilonlar uyg‘ongin bolam.

Mendan oytsh.

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
1 oktyabr 2020
Tanasining 90 foizi kuygan 35 yoshar Gulandom 30 sentyabr kuni Namangan viloyati tibbiyot markazida olamdan o‘tdi. Namangan shahrining Bog‘i ...
3 mart 2016
Bugun trendga tahorat olish uchun jamoatchilik xojatxonalariga qo‘yilgan obdastalarning musodara qilinayotgani haqida xabarlar chiqdi. Rassom Elsevar o‘zbek hukumatining bozorlardagi ...
6 mart 2022
O‘zbekistonlik jurnalist Marina Kozlova o‘z saytida Ukrainaning Toshkentdagi elchisi Mikola Doroshenko bilan intervyu chop etishi ortidan Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari ...
1 fevral 2024
Ukrainadagi bolalarni o‘ldirayotgan o‘ris poroxini O‘zbekiston ta'minlamoqda, bu O‘zbekistonni urush jinoyatchisi sifatida sanktsiyalar botqog‘iga abadiy cho‘ktirishi mumkin. Porox ishlab chiqarish ...
Bloglar
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...
7 yanvar 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda “1000kitob” loyihasi bo‘yicha turli gap-so‘zlar aylanib yuribdi. Mansab talashuvi, ziyolilarning guruh-guruh bo‘lib, bir-biri ...