«Maqbarani portillatish…»
Ya'ni¸ javobni aniqlashtirsak qadimiy haykalni o‘zbek jangarilari Tolibon siyosiy irodasiga ko‘ra vayron qilishdi. Bu men uchun yangilik bo‘lgan yo‘q edi¸ zotan 1993 yildayoq men bunday mafkura tashuvchilari suhbatiga noil bo‘lgan edim.
1993 yilda ukamning Rashidjon degan kursdoshi uylandi. Kursdosh taqvoli edi¸ to‘yga kelgan mehmonlarning taqvo iddaosi yanada kuchli edi. Mehmonlarni Xivaga sayohat qildirdim. Xivadagi Paxlavon Mahmud maqbarasini tomosha qilayotgan «mehmon»ning og‘zidan chiqqan ilk kalima «buni portillatib vayron qilish vojib» degan so‘z bo‘ldi. Mehmonning bu gapini men tushundim. Zotan maqbara mahalliy mullalarning «qabrni tavof qilish biznesi» aylantirilgan edi.
Biz borganimizda yelkasi dumbasigacha ochiq yupqagina kelinlik libosi kiygan qiz bo‘lajak eri bilan «qabrni tavof qilish» ritualini ado qilayotgan edi. Kelin va kuyov cho‘kkalab qo‘lini fotihaga ochib o‘tirishar va ularning qarshisidagi mulla qur'on suralarini tilovat qilar edi. Egilib o‘tirgan kelinchakning harir kiyimi ostidan qo‘sh olma kabi ko‘kraklari ko‘rinib turar va qur'on tilovat qilayotgan mullaning ikki ko‘zi bu «ne'matga» suq bilan tikilgan edi.
Manzaraning ikkinchi planida esa qo‘llarida shampan vinolari va bo‘sh qadahlar ushlagan kuyovning jo‘ralari va kelinning chiqonlari «Gruppa podderjki» bo‘lib turishibdi. 1993 yilgi bu manzarani ko‘rgan «mehmon» maqbarani portillatish kerak degan «hulosa» bergan edi.
Shuhrat Bobojon,
www.eltuz.com