Dayjest
29 mart 2016

Xorijiy sarmoyadorlar O‘zbekistonga kelishni istamayapti

Sputnik internet nashrining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasidagi manbaga asoslanib bildirishicha, O‘zbekistonda 2016 yilning birinchi choragida dastlabki umumiy narxi qariyb 340 million dollar bo‘lgan korxona va banklarning davlat ulushlarini sotish rejasi bajarilmagan.

Ulushlar savdoga qo‘yilganidan ikki oy o‘tib ham ularga xaridor topilmagan. Shu sababli qo‘mitaga joriy yilning 1 aprelidan boshlab birja va birjadan tashqari savdoga qo‘yilgan davlat ulushlari qiymatini 10 foiz arzonlashtirish buyurilgan.

Umuman, xususiylashtirish dasturiga ko‘ra, 2016 yilning 1 iyuniga qadar O‘zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb etish maqsadida 59 ta korxonaning 437 million dollarlik davlat ulushi sotilishi kerak.

Lekin bu rejalar amalga oshadiganga o‘xshamaydi. O‘zbekiston rasmiylari mamlakatda salkam dunyoda eng yaxshi sarmoyaviy muhit yaratilganini iddao qilayotgan bir paytda investorlarning bunga umuman ishonmayotgani bu boradagi haqiqiy ahvolni yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Chunki xorijiy investorlar O‘zbekistonga sarmoya kiritishning qanday xatarlari borligini o‘z tajribasida allaqachon sinab ko‘rgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 oktyabr 2019
Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat barqarorlashmas hamda u yerdagi amaldagi hukumat va “Tolibon” radikal guruhi o‘rtasida mamlakatda tinchlikni ta'minlash masalasi hal ...
5 yanvar 2021
Rassom Elnur Egamov suratga olgan animatsion filmda poraxo‘rlik asorati hajv qilinadi. Film ijodkorlari uni Sardoba cuv ombori halokatiga 230 ...
4 sentyabr 2023
2024 yil 1 yanvardan hisoblagichlarsiz yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi. Rassom Tuz
11 aprel 2019
«Eltuz» nashri Muhammad Bekjonning «Qo‘rquvning nariyog‘ida» (Alvido, Jasliq!) ikkinchi kitobining audio versiyasini taqdim eta boshlaydi. «Bu kitob “O‘zbekiston qamoqxonalarida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...