Kundalik
2 noyabr 2015

Xibsdagilar «Jixodga ketdik» deya SMS chiqarishdi….

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com
Olingan ma'lumotlarga qaraganda ularga diniy ekstremizm, noqonuniy adabiyotlarni tarqatganlik va IShIDga aloqadorlik kabi ayblari qo‘yilmoqda.

Ichki ishlar tizimidagi manbaaga ko‘ra, ushbu ish bo‘yicha 50 dan ortik Jizzaxlik fuqaro qo‘lga olingan. Ulardan biri, Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi 33 yoshli Aramais Avakyan xaqida saytimiz avval xabar bergan edi http://www.eltuz.com/?p=999 Shu kunlarda ma'lum bo‘ldiki, bu g‘alati voqealar ko‘lami biz o‘ylagandan xam keng va bugun bizga kelib tushgan yangi tafsilotlarni siz bilan baxam ko‘ramiz.

Jizzax shaxrida avvaliga 3 sentyabr kuni Furqat Jo‘raev yo‘qolib qoldi. «O‘g‘lim 3 sentyabr kuni bozorlik qilib kelaman deb chiqib ketdi va shu bo‘yi uyga qaytmadi» deydi Furqatning onasi M. Jo‘raeva.

Xavotirga tushgan ona, o‘g‘lining o‘rtoqlari Aramais, Dilshod va Temur ismli yigitlarga telefon qiladi. Uch yigit o‘rtoqlarini yarim tungacha qidirishadi, ertalab. 4 sentyabr kuni Furqatning xonadoniga borib «O‘g‘lingiz yerda xam, ko‘kda xam yo‘q» deb aytishadi…. Va o‘sha kuni tushdan so‘ng o‘zlari xam sirli ravishda g‘oyib bo‘lishadi.

Avvaliga Temurning onasi Nasiba opaga «O‘g‘lingiz o‘rtoqlari bilan Jizzax tumani Samarkand kuduk Kishloq Fuqarolar Yig‘ini (QFY) xududida falokatga uchradi» degan xabar keladi.

Voqea joyiga yetib borganlar, u yerda yo‘l chetida yonib bitgan avtomobilni ko‘radilar. Avtomobil egasi (aniqrog‘i. avtomobil ijarachisi) Dilshod va shu mashina ichida bo‘lgan Aramais va Temurlar esa g‘oyib bo‘lishgandi. Voqea katta yo‘lning yoqasida, kuppa kunduz kuni bo‘lgan bo‘lsada, negadir xech kim u yerda nima bo‘lganini ko‘rmagandi.

Biroq, oradan 3, 4 kun o‘tgach, Samarqandquduq QFYdagi katta yo‘l yoqasida sodir bo‘lgan voqeaning guvoxi bo‘lgan odamlar, yo‘qolgan farzandlarini yig‘lab surishtirib yurgan onaizorlarga raxmlari kelib, 4 sentyabr kuni ertalab soat 10 yarimlarda nimalarni ko‘rganlarini aytib berishadi.

O‘sha odamlarning guvoxlik berishlaricha, 4 sentyabr kuni ertalabki soat o‘nlarda, «Kobalt Neksiya» rusmli 3 ta avtomobil katta tezlikda Dilshod boshqarib borayotgan Neksiya rusmli avtomobilini yo‘l chetiga qisib to‘xtatadi. Quvib kelgan avtomobillar ichidan sochlari kalta olingan 7, 8 nafar yigitlar tushishgan. To‘xtatilgan Neksiya ichidan Aramais, Temur xamda Akmal ismli yigitlarni tortib tushirishib, boshlariga koplar kiygizishadi va mashinalariga bosib, olib ketishadi. Ketish oldidan ulardan ikki nafari Dilshodning avtomobiliga benzin sepishib, yoqib ketishadi.

Yo‘qolgan yigitlarning yaqinlari bu gaplarni darxol Viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga yetkazishadi. Lekin militsiya xodimlari bu ko‘rsatmalarni tekshirishmaydi va «yo‘qolgan» 4 nafar yigitni kechasiyu kunduzi, itlar yordamida qidirishni davom etdirishadi.

Ular yo‘qolganlarning oila a'zolariga «Bolalaringiz katta uyushgan jinoiy gurux tuzishgan va O‘zbekistondan tashqariga qochib ketishgan» deb aytishgan.

Keyinchalik esa voqealar yanada tushunarsiz ko‘rinish kasb etadi.

Furqat Jo‘raevning onasi xikoya qiladi: «O‘g‘limizni o‘lib tirilib qidirib yurgan kunlarimiz, kichik o‘g‘lim Ilxomjonning telefoniga Qozog‘iston nomeridan (+7 7756093166) bir SMS keldi. Unda «Men

jixod qilish uchun Qozoqqa chikdim. Keyin qaerga ketaman, bilmayman. Mendan rozi bo‘linglar» degan so‘zlar bor edi. O‘g‘lim Ilxom daxol shu nomerga qaytarib telefon qildi. Lekin nomer o‘chirilgan edi»

Shu mazmundagi SMS yonib ketgan mashinaning xaydovchisi Dilshod Alimovning ukasiga xam kelgan.

«O‘g‘limning telefoniga kelibdi shu SMS qozoq nomeridan (+77753173948)». «Assalomu alaykum aya mendan xovotir olmang, men jixod uchun Kozokga, keyin kayerga ketaman bilmayman, mendan rozi bulinglar uglingiz Dilshod» deb yozilgan. Men ishonmadim bunga. Meni o‘g‘lim qozoqqa tilla bersa xam bormas edi. Bu yerda fitna bor qandaydir» dedi Dilshodning onasi K. Alimova.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasidagi manbaaga ko‘ra, yo‘qolgan yigitlarning yaqinlariga kelgan SMSlar darxol ularga ochilgan «Delo»ga tirkalgan. Barcha oila a'zolari majburan olib kelinib, tergov qilingan.

Shovvoz tergovchilar «jinoyat qilib, mamlakatdan qochib ketgan va radikal ekstremistlar to‘dalariga borib qo‘shilishni xayol qilgan» yigitlarning oila a'zolarini xar kuni so‘roqqa chaqirtirib, «Delo»ni oppoq iplar bilan tikib o‘tirishgan bir paytda, yo‘qolgan yigitlarning daragi chiqadi.

Ma'lum bo‘lishicha, xamma Aramais, Dilshod, Akmal va Furqat Qozog‘istonda emas, viloyat MXXning yerto‘lasida xibsda saqlanayotgan bo‘lgan! Bugunga kelib esa, mana shu 4 nafar yigitning yaqinlari, do‘stlari va birga ishlagan tanishlaridan iborat 50 nafardan ortiq fuqaro xibsxonaga tashlangan.

Manbaalarning aytishlaricha, yigitlar 4 sentyabr kuni Samarqandquduq MFYda xibsga olingan, ammo bu xaqda ularning oilalariga 14 oktyabr kuni xabar berilgan. O‘z o‘zidan savol paydo bo‘ladi, «Nega? Nima uchun? Qonunlar qaerda qoldi?»

Na viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va na viloyat MXX boshqarmasi mas'ullari xibsga olingan yigitlarning ota onalarining bu savollarga javob berganlari yo‘q.

Xozircha bizga ma'lum bo‘lgan narsa shuki, 40 kun davomida Aramais, Akmal, Furqat va Dilshodlar qattiq qiynoqlarga solingan. Ayniqsa, Aramais Avakyanning axvoli og‘ir. Surishtirib olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Aramais qiynoqlar sababli yura olmaydigan axvolga tushgan.

Xibsdagi yigitlarning yaqinlari, «Ularni qattiq kaltaklashgan va taxqirlashgan. Shuning uchun ko‘kargan va singan joylari tuzalmaguncha bizga xabar berishmagan» degan taxminda turishibdi. Shu kungacha ularga xibsdagi yaqinlari ko‘rsatilgani yo‘q va advokatlar xam bu g‘alati ishga yaqinlashtirilmayapti.

Jizzax viloyati ichki ishlar tizimidagi manbaaga ko‘ra, xali xulosa qilishga erta. Extimol…

Lekin xibsga olinganlarning yaqinlari va voqeadan xabardor Jizzaxliklar allaqachon bir xulosaga kelganlar. Xulosa shuki, Jizzax viloyat xuquq tartibot idoralari Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash baxonasi ortida yelkalaridagi pogonlar uchun ko‘shimcha yulduz topishmoqchi.

Yulduz va mansab xam topilar, ammo ular o‘zlarining yelkalariga katta gunoxning yukini xam ortayotganliklarini bilarmikanlar?

Tag‘in o‘qing
4 iyul 2022
1916 yilning 25 iyunida Chor xukumati Turkistonning 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklarini «Mudofaa ishlariga» safarbar qilish uchun farmon ...
5 yanvar 2016
Yangi hamkorimiz bizga jo‘natgan ilk hajviy surat «Karimovning amal kursisi» deb nomlanadi. Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan ...
31 avgust 2021
O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida «Eltuz» muxbiri «Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih bilan suhbatlashdi. Muhammad Solihning so‘zlariga ko‘ra, ...
11 noyabr 2021
Xalqaro jurnalist «Agneshkaxon voqeasi» ko‘p savollarga javoblarni ochib berdi. Kelinglar, jonajon akkreditatsiyadan boshlaymiz. Aynan ularni nazorat qiladigan institutning o‘zi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...