Obid Qoriga suiqasd mahkamasini shvedlar ham kuzatmoqda
O‘zbekistonlik taniqli imom Obid qori Nazarovga suiqasd qilganlikda ayblanayotgan sudlanuvchi Yuriy Jukovskiy ustidan olib borilayotgan mahkama jarayoni shved matbuoti tomonidan ham mana 2 kundirki keng yoritilib borilmoqda.
Jumladan sud jarayonini kuzatib borayotgan bir nechta jurnalistlar mahkama qay tarzda o‘tayotganligi haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri internet tarmoqlari orqali xabar berib bormoqdalar.
Bundan tashqari Shved SVT 1 kanali orqali ham ushbu xabar berildi va ular ham kuzatishda davom etmoqdalar. Yana bir asosiy jihati shundaki, nafaqat OAV orqali, balki ijtimoiy tarmoqlarda ham aksar shvedlar bu jarayonni katta qiziqish bilan muhokama qilib, yangiliklarni tarqatib bormoqdalar.
Misoli uchun «Brottsplats Sverige » , ya'ni «Jinoyat joyi Shvetsiya» deb ataluvchi FB dagi sahifada bu haqda ma'lumotlar va sharxlar yozib qoldirilmoqda. Bunday misollarni köplab keltirishim mumkin albatta.
Asosiysi va meni quvontirayotgan jihati shundaki shved jamiyati bu hodisaga befarq emasligi va ular ham OAV orqali ushbu jarayonni katta qiziqish bilan kuzatib borayotganidir.
Hattoki bir nechta shvedlar bilan qilgan muloqotimda ular, “bu Shvetsiyada uchraydigan judayam kam holatlardan biri. Ya'ni jinoyatchini boshqa davlatdan topib kelib, sudlashni nazarda tutayaptilar.” Deya takidlashdi.
Bundan tashqari Shved sudi adolatli hukm chiqarishiga shubha qilmagan holda, boshqalar uchun ushbu voqea o‘rnak bölishini, Shvetsiya hududi – jinoyat sodir etish mumkin bölgan hudud emasligini tushunib etishlarini umid qilib qolmoqdalar.
Shvetsiyalik o‘zbek blogger
Dilobar Erkinzoda.