Kundalik
26 noyabr 2015

Jukovskiy sudda nimalar dedi?

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Sochi kalta olingan, pastki labi oldga turtib chiqqan, o‘zi sariqdan kelgan baquvvat jussali bu kishining tund kiyofasi butun sud davomida faqat bir marta o‘zgardi. U ham bo‘lsa prokuror va da'vogar tomonning iddaolari ikki kun davomida tinglanib nixoyat Shvetsiyada o‘taetgan maxkamadagi so‘z navbati unga berilganida.

  • Nakonets-to! – dedi u bir qo‘zg‘alib olib; Gapning indallosini O‘zbekistondagi tuzumning yaxshi ekanligi haqidagi gaplardan boshlarkan zaxil yuziga qon yugurganday ham bo‘ldi.
  • Men Ukrainada tug‘ildim, lekin O‘zbekiston haqida men mutlaqo boshqacha fikrdaman. Sovet ittifoqi tugaganidan keyin xam yomon bo‘lmadi, hech kim och qolmadi tinch mamlakatda yashayapmiz.

U Dovudning O‘zbekiston rejimi qatag‘onlari hakidagi fikrlariga qo‘shilmasligini bildirarkan, o‘zining siyosatdan uzoq odam ekanini ham e'tirof etdi.

«Men hech qachon siyosat bilan qiziqmaganman, Davudning otasi quvg‘in qilingani haqida bilmaganman, biroq agar uni hukumat o‘ldirmokchi bo‘lsa buni Qozog‘istonda qilardi, hukumatning bunday qiziqishi bo‘lmagan deb hisoblayman, dedi u.

Qoplon xam Umid xam bitta odam

Tergov paytida Tigran Kaplan ismi ko‘p tilga olindi Prokuror Petersson to‘plagan ma'lumotlarda va ayblov xulosasida imom Obidxon Nazarovga o‘q uzilgan qurol va patronlar topilgan ryukzak ham uning topshirig‘i bilan kelgan Yuriy Jukovskiyga tegishli ekani aytildi.

Faat Tigran Kaplan buyrug‘i bilan Yuriy Toshkentdan Moskvaga, undan Kopengagenga, u yerdan Stromsundga yurish qilgan, bir necha bor ijaraga olgan mashinasi, xonasi va shaxsiy telefonlarini almashtirgan Tigran Kaplan topshirig‘i bilan u ryukzak va uning ichida Nodiraga atalgan sovga sotib olgan. Bir xil payt imom Nazarovni videoga olish uchun ijara uyi va mexmonxonani tashlab, mashinada tunagan.

Sudda dalil sifatida keltirilgan telefon raqamlari muxtamal killer Yuriy Jukovskiyga asosan uchta joydan – Toshkent Moskva va Shvetsiyaning Lund shaxarchaasidan ko‘mak berilganini isbotlaydi

Sudda Jukovskiyning iqrori esa Moskvadagi do‘sti Umidbek Aminovning shaxsini ochiqlaganidir Uning bildirishicha¸ tergov payti bunday ish tutishga jur'ati yetmagan, oilasiga ziyon yetishidan qo‘rqqan va faqat sudda iqror bo‘lishga qaror bergan.

U nimadan qo‘rqqan? Tigranning g‘azabidanmi yeki boshqa narsadan ekani hakida esa u hech narsa aytmaydi.

U tasvirlagan Tigran esa ancha muloyim va odamshavanda

«Mening Umid ismli bir do‘stim bor edi, oilaviy bayramlar usiz o‘tmasdi Shvetsiyaga kelish niyatim borligini ham u bilardi», dedi u sudda.

Uning suddagi iqroriga ko‘ra¸ ayni shaxs bir vaqtning o‘zida Tigran Kaplanning o‘zidir

Jukovskiyning birinchi sayoxati

Uning aytishicha do‘sti Umid ancha toparmon tutarmon, o‘ziga to‘q kimsa. Unga «Tashvishlanma senga yordam qilaman» degan. Keyin u uchoqda uning yordami bilan Kopengagenga kelgan Uning Nodira ismli singlisi esa aeroportda kutib olgan.

Keyin esa u Umidning bir iltimosini bajarish uchun u bergan fotografiya bilan masjidga imomni ko‘rishga borgan.

«Biz bu odamni ko‘rmadik keyin Malmoga kaytdik. Keyin Malmoda bir ikki kun bo‘lib Toshkentga qaytdim» deya eslaydi u o‘zining dastlabki safari tafsilotlari xakida.

Jukovskiyning gaplarini eshitsangiz u hech qachon Imom Nazarovni tanimaganini aytadi.

«Imom qanaka Imom? Men diniy atamalarni tushunmayman» deydi u g‘ashi kelib Uning gapiga ko‘ra Nazarovning Umiddan ya'ni Qoplondan anchagina qarzi bulgan shuni undirish yoki topib yashaydigan joylarini rasmga olish uchun o‘sha yili Shvetsiyaga kelgan.

Kasofat sobiq xotin pastportga yopishgan skotch yeki OVIR

Cudda men bilan qatnashgan xamkasbim Ulugbek Bakirov ta'biri bilan «Kunduz boboning ertaklari»ni eslatuvchi yana bir gapi uning ikki marta o‘zbek pasportini almashtirgani haqidagi gaplaridir.

U qandaydir ishkal tufayli pasportini almashtirishga majbur bo‘lganini aytadi «Qandaydir skotch yopishib qolgan ekan almashtirishga majbur bo‘ldim» deydi u bir gapida Boshqa gapida esa «Kasofat sobiq xotini tufayli» pasportini yangilashga to‘g‘ri kelganini busiz ovir vizasi bermasliklari mumkinligini aytadi.

Men yangi pasport olishga, vizalar qo‘ydirishga majbur bo‘ldim, pul evaziga O‘zbekistonda yangi pasport qildirish oson deydi u bir gapida.

Sudda ishtirok qilaetganlarda shu o‘rinda yana savol paydo bo‘ladi. Agar Jukovskiyning gaplariga ishonsak, uning birinchi pasportidagi ismi qanday edi? Ukraina pasportidagi ismi sharifichi? Agar uning Qoplon xam, Tigran xam, Umid xam bir odam degan gapi rost bo‘lsa unda ikki yilda ikki pasport olgan kievlik Jukovskiyning nechta ismi bor tag‘in?

Jukovskiyning Shvetsiyaga ikkinchi safari

«Men Umidga hech kimni topmaganimni aytdim keyin esa u mendan yana bir bor borib kelishimni so‘radi. u menga yordam berdi va men tag‘in Umidning oldiga Moskvaga bordim» deydi u.

Uning bir gapiga ko‘ra¸ Umid Aminovning Tigranning yoki usha qoplonning singlisi Nodira Aminova unga adresni toptanini aytgan.

«Umid menga mening nomimga ochilgan bank kartasini berdi keyin men mashina ijara kilib shimolga yo‘l oldim. Stromsundga kelib ozroq o‘sha yerda yurdim Nodira menga uy topishimga yordam berdi» deydi u.

Nodiraga atalgan sovg‘a

Jukovskiyning suddagi gaplariga ko‘ra Umid undan yana bir narsani idtimos qilgan u ham bo‘lsa singlisi Nodiraga berib qo‘yishi kerak bo‘lgan sovg‘a.

Lekin qizig‘i u bu sovg‘ani ya'ni (sudda Jukovskiy o‘g‘il bolaning o‘yinchogi deb atagan) o‘tochar qurol bo‘lgan revolverni bir sumkaga solib Stromsunddagi Internet kafeda qoldirishi kerak bo‘lgan.

Vaziyatning yana bir g‘alati tomoni Nodira yashaydigan Lund shaxri Stromsunddan ming kilometrdan ziyod uzoqda joylashgani boshqa bir g‘alati tomoni o‘zinig Shvetsiyaga qilgan qisqa safari chog‘ida u Nodira bilan bir necha bor uchrashgan uning uyida mexmon bulgan va 65 marta u bilan telefon aloqasiga chikkan va unga atalgan «sovg‘a» xakida lom mim demagan.

Ayni shu narsalar har qanday aqli g‘arib bo‘lmagan insonlarda bexisob savollar uyg‘otishi tabiiy va bu savollarning bari jarayon davomida prokuror tomonidan unga berildi.

Tag‘in o‘qing
1 mart 2018
Prezident Mirziyoev 27 fevral kungi selektor yig‘ilishida «O‘zbekoziqovqatxolding» davlat shirkatini meva-sabzavot eksporti rejasini bajarmaganlikda ayblab tanqid qildi. Prezident tanqidi ...
31 avgust 2023
Moskvada o‘zini elchixona vakili deya tanishtirgan shaxs o‘zbek migrantlarga harbiy xizmatga chorlov qog‘ozi tarqatayotgani haqida xabar Eltuzga yetib keldi. ...
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki shiki madam shiki va ...
24 fevral 2021
Bu O‘zbekiston. Mana bu esa uning musaffo osmoni. Bu oldingi o‘zbek ayollari,ular uchtadan tug‘ardi. Hozir bu bolalar Rossiyada. “Mening ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...