Muhammad Solihga navbatdagi suiqasd oldi olindi
Turkiyaning Anado‘li agentligi tarqatgan habarga ko‘ra 2 dekabr kuni O‘zbekiston muxolifati lideri Muhamad Solihning Istanbuldagi xovlisiga ikki shubhali kishi mashinada kelib suiqasd qilishga uringan paytda qo‘lga olingan.
Anado‘li agentligi muxbiriga ko‘ra “suiqasd urinishi yuz bergan payt uyda Muhammad Solihning o‘g‘li Temur Solih bo‘lgan”
Voqea joyiga yetib kelgan Turkiya Teerrorga qarshi kurash idorasining tezkor guruhi suiqasdga uringan kishilar tushgan avtomobilni orqasidan quvib kurshab olishgan.
Mashina ichida bo‘lganlardan biri O‘zbekiston yana biri esa Rossiya fuqarosi bo‘lgan.
Anado‘li agentligi qochdi-quvdi asnosida qo‘lga olingan bu ikki kishining ismini M. D va F. A. tarzida bergan.
Tadbir doirasida suiqasdchilar sherigi deya ko‘rilgan yana besh kishi qo‘lga olingan.
Eltuz.com