Saylovmi yoki tayinlov?
O‘zbekistonda may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tarkibiga mahalliy xalq deputatlari kengashlari deputatlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xizmatchilari hamda turli jamoat tashkilotlari vakillari kiritilgan.
Bu haqda xabar bergan «Pravda vostoka» gazetasi Toshkent viloyatida ayni paytda bu komissiyalar va ishchi guruhlar fuqarolar yig‘inlari raislari va maslahatchilarini aniqlash va ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanayotganini ma'lum qildi.
Garchi gazeta nomzodlarni aniqlash muqobillik asosida o‘tkazilayotganini yozgan bo‘lsa-da, saylovda nomzodlarni nega amaldagi hokimiyat vakillari tanlayapti, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Demak, demokratik doiralarda aytilayotgan gaplar, ya'ni O‘zbekistonda bu saylov ham aslida tanlov, to‘g‘rirog‘i, tayinlovga aylanishi borasidagi fikrlarda asos bor ekan-da!
Eltuz.com