Kundalik
14 aprel 2016

O‘zbekistonda dushman obrazi “yaratilgan” film targ‘ib qilinmoqda

O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan “GTA yohud o‘yinga aylangan xayot” xujjatli filmi Oliy o‘quv yurtlari, maktab va kollejlarda keng targ‘ibot qilinmoqda. O‘quv yurtlarida navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilyapti va o‘quvchi xamda talabalarga hamma bu filmni ko‘rishi shart degan tushuncha berilayapti.

Masalan, 13 aprel kuni Paxtakor tumanidagi 9 o‘rta maktabda bo‘lib o‘tgan maktab yig‘ilishida direktor Dilfuza Xayriqulova, tez kunlarda O‘zbekistonning markaziy kanallari orqali “GTA yoxud o‘yinga aylangan xayot” filmi namoyish qilinishini aytgan.

«Direktorimiz filmda bizning tumandan chiqqan terrorchi va jixodchilar ko‘rsatiladi, shuning uchun bu filmni har biringiz ko‘rishingiz shart dedilar», – deydi eltuz.com bilan suxbatda shu maktabda ishlaydigan va ismini e'lon qilmasligimizni so‘ragan o‘qituvchi ayol.

“Prezidentimizga hiyonat qilgan yomon bolalar…”

Kollej talabalaridan birining Eltuz.comga bildirishicha, ayni yig‘ilish kuni kecha Paxtakor tumanidagi Oqbuloq kasb xunar kolleji zalida xam bo‘lib o‘tgan.

«Zalga xamma yig‘ildi, keyin direktorimiz o‘rinbosari chiqib, tumanimizdan yomon bolalar chiqib, prezidentimizga xiyonat qilib, viloyatimizda terrorchilik xarakatlari tayyorlashayotganida ko‘lga tushishgani va shu bolalar xaqida Toshkentda film tayyorlashganini aytdi”, – deydi u.

Uning aytishicha, direktor o‘rinbosari shu film O‘zbekiston va Yoshlar kanallarida, keyin viloyat va Jizzax shaxar telekanallarida xam ko‘rsatilishini aytib, “Xammang shu kinoni ko‘rgin, kattalar kelib bittalab so‘raydi xammangdan” degan.

Jizzax viloyatidagi Pedagogika va Politexnika institutlarida surishtirish ishlarini olib borgan Eltuz.com manbalariga ko‘ra, bu oliy o‘quv yurtlarida xam “GTA yohud o‘yinga aylangan xayot” xujjatli filmini albatda tomosha qilish talabalarga tayinlangan.

Film “qahramonlari”ning yaqinlari qo‘rquv ostida…

Filmdagi asosiy “qaxramon” Furqat Jo‘raevning onasi Maxtuma opa Toshkentda 12 aprel kuni uzatilgan bu filmni qizi ko‘rib, yozib olganini aytadi.

“U yerda o‘g‘limni jixodchi va terrorchiga chiqarishgan ekan. Bu xammasi uydirma. O‘g‘lim va uning o‘rtoqlariga tergovda qiynoqlar qo‘llashib, istagan qog‘ozlariga imzo qo‘ydirishgan. Sudda xam o‘g‘lim badanidagi qiynoq izlarini ko‘rsatgan. Xammasini qiynashgan. Lekin sudya quloq solmadi. Men unaqa filmlarga ishonmayman”, deydi Maxtuma Jo‘raeva.

Filmdagi “jinoiy to‘daning ishtirokchisi”yana bir ishtirokchisi Aramais Avakyanning xotini Shirin Tursinova xam, erini terrorchi va diniy radikal g‘oyalar asiri sifatida ko‘rsatgan film namoyishidan so‘ng qurquv ostida yashayotganini aytadi.

“Tiq etsa eshikka qarayman. Bunaqa narsalarni odamlarga ko‘rsatishib, ularni bizga qarshi qo‘yishlaridan qo‘rqaman.

Axir, xali sudi tugamasdan turib, Aramaisni terrorchi deb e'lon qilishib, yaqinda meni xattoki maxalladan ko‘chirishmoqchi bo‘lishdi-ku?! Endi bunaqa filmdan keyin bizni yana bezovta qilishlari turgan gap. Shuni ko‘rsatishganidan buyon telefonimga g‘alati va notanish nomerlardan qo‘ng‘iroqlar kelyapti.” deydi Shirin Tursinova.”

Yurakni larzaga soluvchi ohanglarda…

“Toshkent” telekanali orqali, 12 aprel kuni kechki praym taym vaqtida namoyish qilingan bu film, viloyatning Paxtakor tumanida “fosh” etilgan bir jinoiy gurux haqida hikoya qiladi.

Yurakni vaximaga soluvchi musiqa sadolari ostida ko‘rsatilayotgan kadrlarda, xibsga olingan Furqat Jo‘raev, Aramais Avakyan, Bektemir Umrzoqov va Dilshod Alimov, qanday qilib diniy aqidaparstlik oqimiga aralashib qolganliklari va maxalliy amaldorlarni “qirib tashlash” xamda qo‘poruvchiliklar uyushtirib, shu tariqa viloyatdagi osudalikka putur yetkazmoqchi bo‘lganliklarini kameraga qarab gapirishadi.

Kadr ortidagi ovoz esa, qo‘lga tushgan yigitlarning bu yo‘lga kirishiga, xorijda yashayotgan jinoiy guruxlarning bevosita aloqasi borligini aytadi.

“Turli xorijiy davlatlardagi jangarilik lagerlarida jon saqlab yurgan yurtfurushlar va ularning raxnamolari xam, O‘zbekistonning o‘zini ximoya qilish saloxiyati yuqori ekanligini juda yaxshi biladi.
Shu bois xam ular O‘zbekistonning ichida, sizu bizning oramizdan o‘zlariga xamtovoq izlaydi. Bugun jazo o‘tayotgan Furqat Jo‘raev, Aramais Avakyan, Bektemir Umrzoqov, Dilshod Alimov va boshkalar, jazodan qochib yurgan Baxodir Abdullaev, ig‘vo tarqatayotgan Ulug‘bek Xaydarov singari yurtfurush kimsalarning kirdikorlari xam bunga dalildir” deydi kadr ortidagi ovoz.

Toshkentdagi xamkorlarimizning aytishlaricha, “GTA yohud o‘yinga aylangan xayot” filmi tez kunlarda “O‘zbekiston” va “Yoshlar telekanalida namoyish qilinadi. Eltuz.com sayti xujjatli film namoyishi bilan bog‘liq voqealarni kuzatib boradi.

Ulug‘bek Ashurov
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 iyun 2017
Andijonga safari payti «Oltinko‘l» tumanidagi fermer xo‘jaligidagi zotdor echkilarni ko‘rgan prezident Shavkat Mirziyoev har bir xonadonga ikkitadan echki tarqatishni ...
11 fevral 2020
Surxondaryolik Abdug‘ani Erdonov 62 yoshda. U shundan 7 yilini qamoqda o‘tkazmoqda. Tadbirkor va besh farzandning otasi Erdonov Tojikiston foydasiga josuslik ...
9 noyabr 2023
Qadrli muhlislar Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyat maktubi va bitta rasmiylar munosabatini o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, ...
9 oktyabr 2017
Majburiy mehnatni taqiqlash mavzusida gap ketganda, hukumatning bu boradagi ikkiyuzlamachiligini ko‘pchilik o‘zini o‘zi aldashga o‘xshatyapti. O‘zini o‘zi aldash deganda ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...