Kundalik
15 aprel 2016

“Gumrohlar” qatoriga “So‘qirlar” ham qo‘shilyapti…

O‘zbek matbuotiga bergan intervyularida rejisser yangi film voqealari o‘tgan asrning 90 yillari boshida, O‘zbekiston endigina mustaqillika erishga davrdagi tarixiy voqealarni qamrab olishini aytadi. «Men shu filmim orqali Vatanimiz mustaqilligi qanday tiklanganini ko‘rsatmoqchiman.

Aynan o‘sha paytda siyosiy maydonga turli ekstremistik diniy tashkilotlar kirib keldi va ular xokimyatni egallab, xalifalik o‘rnatishga urindilar.

Bo‘lajak filmim aynan shu voqealarni ko‘rsatadi», – deydi Xilol Nasimov uzlife.uz saytiga bergan suxbatida.

Filmni olishga oz vaqt ajratilgan

Xali suratga olish ishlari boshlanmagan film, O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi tantanali arafasida katta ekranlarga chiqarilishi kerak.

Film syujetining boshqa detallarini ochiqlamagan kinorejisser, juda keng miqyosdagi voqealarni o‘z ichiga olgan filmni suratga olish ishlariga kim bunchalik oz vaqt ajratganini ham aytmaydi.

«Xa, juda oz vaqt belgilangan suratga olish ishlariga. Lekin biz ulguramiz deb o‘ylayman», – deydi rejisser.

So‘nggi paytda maishiy mavzularga o‘ralashib qolgan deya tanqid qilinayotgan o‘zbek kinochilari, vatanparvarlik va mafkuraviy ruhdagi filmlarni yarata boshlashdi.

Asosan o‘zbek xukumatinining nuqtai nazari aks etadigan bunday filmlar keng ommaga to‘siqsiz namoyish qilinadi, ya'ni, kinozallar birinchi navbatda mana shunday filmlarga bo‘shatib beriladi.

Bunday filmlar tomoshabin liq to‘la zallarda namoyish etiladi – respublikadagi barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari xamda maktab o‘quvchilariga, byudjet tashkilotlari xodimlari va xarbiy qism askarlariga film uchun chiptalar tarqatiladi.

MXX amri bilan

«So‘nggi paytda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati buyurmasi bilan filmlar yaratish urf bo‘layapti» deydi Toshkent shaxridagi Oliy o‘quv yurtlaridan birida ishlovchi Baxtiyor Maxmudov.

«Bunday filmlar xali ekranlarga chiqmasdan bizlarga, «Mana shunday film keladi, talabalar ko‘rishi kerak» deb aytishadi.

Rustam Sa'dievning 2005 yilning may oyida Andijonda sodir bo‘lgan qonli voqealar xaqida xikoya qiluvchi «Sotqin» filmida shunday bo‘ldi.

Chiptalar tarqatdik, talabalarni kinozalga borishini ta'minladik. Bu film mayli… ba'zan mazmunan o‘ta sayoz filmlarga chipta tarqatishadiki, talabalarga raxmim kelib ketadi» deydi oliygox o‘qituvchisi Baxtiyor Mahmudov.

Rejisser Rustam Sa'dievning «Sotqin» filmi, darxaqiqat, O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati buyurtmasi va mablag‘iga yaratilgan film.

Ushbu film ekranlarga chiqqach, Andijon voqealari tufayli xorijga chiqib ketishga majbur bo‘lgan yuzlab Andijonliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Ular filmga, «Xukumat o‘zini oqlash uchun o‘ylab chiqargan propagandik uydirma» deb baxo berishdi.

Faqat hukumat formatida

O‘zbekiston ichida bo‘layotgan o‘zgarishlarga nisbatan xukumat nuqtai nazarini o‘zi uchun format qilib olayotgan rejisserlar paydo bo‘layapti.

Ular ishlagan filmlarga keng yo‘l berilayapti, turli kinoko‘riklarga yuborilyapti. Rejisser Xilol Nasimov ana shunday rejisserlardan biri.

O‘zbekiston xukumati o‘z fuqarolarini xorijga emin erkin chiqarmasligini bugun xamma biladi. Xukumat tashqariga chiqqan yoshlarning dunyoqarashi o‘zgarib qolishidan xavotirga tushadi.

Rejisser Xilol Nasimov o‘zining 2014 yilda suratga olgan «Gumroxlar» filmida, xukumatning xavotiriga asos borligini isbotlashga urinadi.

Film syujeti oddiy – O‘zbekistonlik yosh yigit Turkiyaga borib qoladi va u yerda diniy ekstremistlar to‘riga tushib, o‘z vataniga qarshi turli fitnalar uyushtira boshlaydi.

Film davomida bosh qaxramon, tazarruning og‘ir kechinmalarini boshidan o‘tkazadi va O‘zbekistonga qaytib keladi.

O‘zbekiston xukumatining internetni jilovlash yo‘lidagi xarakatini oqlaydigan «Odnoklassniki ru» filmining muallifi xam Xilol Nasimov bo‘ladi.

O‘zbekning ongini kino yordamida tozalash…

2013 yilning iyul oyida kuchga kirgan «Voyaga yetmagan yoshlarni, ularning ruxiy va jismoniy rivojlanishiiga zarar beruvchi ma'lumotlardan ximoyalash» xaqidagi qonunni ko‘plab mutaxxasislar «qonuniylashtirilgan tsenzura» deb atadilar.

Rejisser Xilol Nasimov, xukumatning bu nozik signalini xam ilg‘ab oldi va qisqa vaqtda internetning zarari xaqida xikoya qiladigan «Odnoklassniki ru» filmini ekranga chiqardi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov, Rossiya va boshqa yurtlarda mardikorchilik qilayotgan o‘zbeklardan jirkanishini aytib, ularni «Dangasalar» deb atagan edi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, rejisser Xilol Nasimovning «Ajal yog‘dusi» filmini suratga oldi. Respublika bo‘yicha shov shuv bo‘lgan filmda, Rossiyaga mardikorchilikka borgan ota va ikki o‘g‘ilning taqdirini ko‘rsatadi.

Odam savdosi, narkotrafik va diniy ekstremizm girdoblari orasida kechgan mardikorchilik xayoti, kutilganidek, fojea bilan yakun topadi.

Sho‘rolar raisi Vladimir Leninning «Barcha san'atlar ichida eng muximi bu Kinodir» shiori, eski Kommunistik maktabning faollari bo‘lgan bugungi O‘zbekistonning raxbarlari uchun xozir xam dolzarbligicha qolayapti.

Ular o‘zbek xalqining ongini, buyuk sa'at bo‘lgan Kino yordami bilan tozalashmoqda va ongni o‘zlari istagan qolipga solmoqdalar.

O‘zbekiston ichidagi san'atshunoslardan birining aytishicha, O‘zbek xukumatining bugungi siyosati bor ekan, Rustam Sa'diev, Xilol Nasimov kabi rejisserlar safi bundan keyin kengayib boraveradi.

Ulug‘bek Ashur

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 iyun 2016
Farg‘ona viloyatning ta'lim muassasalari direktorlari ikkitadan olishi kerak bo‘lgan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiorining ...
25 mart 2024
Turkiyaning Denizli Honaz’ida yashagan 3 bolaning otasi 59 yashar pensiyadagi fermer Ramazon Oqboy (Ramazan Akbay) bundan to‘rt yil oldin xotini ...
22 iyun 2020
Yevropadagi eng nufuzli gazetalardan biri, Tsyurixda chop etiladigan Neue Zürcher Zeitung o‘tgan haftada o‘zbek paxtasi, majburiy mehnat va O‘zbekiston ...
7 fevral 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidan. Qiziltepa QFY turg‘uni Nigora ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...