Kundalik
18 dekabr 2015

Tergovchi Orif Anorboev jinoyati xronikasi

  • 18 noyabr kuni Jizzax viloyat IIB katta tergovchisi Orif Anarboev O‘ktamni 168 modda (firibgarlik) va 211 (pora olish)da  ayblash yuzasidan buyruq chiqaradi.
  • Tergovchi Orif Anarboev 2012 yilning yanvaridan 2015 yilning avgustiga qadar pul berich bo‘yicha 9 ta epizodni keltiradi. Bu odamlar turli miqdordagi pulni, ularning muammosini hal qilishni va'da qilgan Ruxiyo Baitovaga berishgan.

  • Baitova Ruxiyo Do‘stlik tuman militsiyasi xodimi bo‘lgan Yodgor ismli shaxs unga O‘ktam Pardaevning uyiga narkotik tashlashni taklif qilgani haqida tilxat bergan.

  • 9 “jabrlanuvchi”ning birortasi, O‘ktam Pardaevga pul berishganini tasdiqlashmagan.

  • O‘z ko‘rsatmalarida O‘ktam Pardaevni ayblayotgan Ruxiyo Baitovaning o‘zi, 2014 yilning iyulida huquq himoyachisidan yordam so‘rab kelgan. O‘ktam Pardaev u bilan faqat ikki marta uchrashgan. O‘ktam, uning qaysidir tanishlaridan pul olganini bilib shaxsan unga hech qanday pul bermaganligi haqida tilxat yozib berishini so‘ragan.

  • 2014 yilning avgustida, Ruxiyo Baitova O‘ktam Pardaevga, Jizzax viloyat, Do‘stlik tuman IIB xodimi bo‘lgan Yodgor ismli shaxs uning uyiga narkotik tashlashni taklif qilgani haqida bildirgan. Uning o‘z qo‘li bilan yozgan bu haqdagi arizasi tergovchi Orif Anorboevning qo‘lida ham bor.

  • Aftidan professional firibgar  Ruxiyo Baitovaning O‘ktam Pardaev bilan tanishligini bilan, militsiya va MXX xodimlari hammasini unga to‘nkashni taklif qilishgan.

  • Tergovchi Orif Anarboev Pardaevning akalariga 3.5 mln. miqdorda «moddiy zarar»ni to‘lashni taklif qilgan, shu holda O‘ktam Pardaev amnistiyaga tushirilib, ozod qilinishini aytishgan.

  • 7 dekabr kuni, O‘ktam Pardaev amnistiyaga tushiriladi, degan umidda uning akalari 3,5 mln so‘m (700 dollar atrofidagi) “moddiy zarar”ni to‘lashgan.

  • O‘ktam Pardaev, akalari “moddiy zarar” to‘lashgani haqida bilmagan. U kimdandir pul olgani haqidagi faktlarni inkor qiladi.

  • Butun tergov davomida, tergovchi Anarboev 100 ta atrofidagi odamlarni so‘roq qilib, ularga faqat bitta savolni bergan: “Ulardan O‘ktam pul olganmi?”. Birorta odam O‘ktam Pardaevning pora olgani faktini tasdiqlamagan.

  • “Moddiy zarar” to‘langanidan so‘ng, tergovchi Anorboev O‘ktam Pardaevning akalariga, O‘ktam Pardaevga uning xizmati uchun pul berganini bildirgan tag‘in 5 odam paydo bo‘lganini aytgan. Huquq himoyachisi Surat Ikramovga ko‘ra, ushbu 5 odamning bari ilgari firibgarlik bo‘yicha sudlangan va qonunga oid muammolari bo‘lgan odamlardir.

  • O‘ktam Pardaev Jizzax viloyat Do‘stlik tuman vaqtinchalik saqlash hibsxonasida qolmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 aprel 2018
O‘zining uch yashar o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirib, daraxtlar ostiga tashlab ketgan andijonlik Saidaxon Tillavoldieva 3 aprel kuni Toshkentda hibsga olindi. ...
31 yanvar 2024
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida shu yilning 18 yanvar kuni o‘quvchilar ovqatdan zaharlanganligi haqida Eltuz xabar bergani ortidan ...
12 may 2021
Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani sudi 10 may kuni bloger Otabek Sattoriyni tovlamachilik va tuhmat qilishda aybdor deb topib, 6,5 ...
1 oktyabr 2015
29 sentyabr kuni o‘zbek huquq himoyachilari Yelena Urlaeva va Maloxat Eshonqulovalar Xorazm viloyat Xazorasp TIIB militsionerlari tomonidan ushlangan va ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...