O‘ktam Pardaevga navbatdagi ayblov ilgari surildi
O‘zResJKning firibgarlik va tovlamachilik moddalari bilan ayblov e'lon qilingan Ruhiyo Baitova Amnistiya Qaroriga asosan avf etildi va ozodlikka chiqarildi!
Ma'lumki, jizzaxlik huquqbon O‘ktam Pardaev firibgarlik va tovlamachilik moddalari bilan ayblov e'lon qilingan Ruhiyo Baitovaning tergov jarayonidagi asossiz ko‘rsatmasi asosida 2015 yilning 16 noyabr kuni xibsga olingan edi.
Shu bugun, 26 dekabr kuni Ruhiyo Baitova Amnistiya Qaroriga asosan ozod etilganligi ma'lum bo‘ldi.
Shu bugun, 26 dekabr kuni 40 kundirki ehtiyot chorasi sifatida xibsda saqlanayotgan jizzaxlik huquqbon O‘ktam Pardaevga O‘zResJKning 140 –modda(Haqorat qilish)si bilan ayblov e'lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, huquqbon O‘ktam Pardaev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168- modda, 2-qismi “b”, “v” bandi(Firibgarlik), 28–modda (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), shuningdek, 211-moddasi 2-qismi “a” bandi(Pora berish)ga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
168-, 28-, 211- moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarni huquqbonnting bo‘yniga ilishni eplay olmagan qonun idoralari xodimlari yangi ayblovni – 140-modda( haqorat qilish) ayblovini o‘ylab topishgan ko‘rinadi.
Jizzaxlik huquq faoli O‘ktam Pardaevga qo‘yilayotgan moddalar nechog‘lik to‘g‘ri malakalangan?
Mazkur moddalar tahlili bilan tez kunlarda tanishib olasiz?
Malohat EShONQULOVA
mustaqil jurnalist,
huquq faoli