chorshanba,
18 dekabr 2024
1 may 2015
Ozodbek Nazarbekov qo‘shig‘i plagiatorlik mojarosiga sabab bo‘ldi
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning Suriyada halok bo‘lgan norasida bola taqdiri ta'sirida yaratilgan “Aytib beraman” qo‘shig‘i plagiatorlik mojarosiga sabab bo‘ldi (“Darakchi”, 30 aprel).
Gap shundaki, xonandaning “Ardog‘imdasiz” deb nomlangan joriy yilgi kontserti kulminatsiyasi deb baholangan mazkur qo‘shiq matni shoir Botir Ergashevga tegishli deb ko‘rsatilgan. Keyinroq esa mazkur mazmundagi she'rni 2004 yil qishda boshqa bir muallif – Bahriddin Asror ismli shoir yozgani va Botir Ergashev uni o‘g‘irlagani haqidagi ovozalar tarqaldi.
Shou biznes nashriga intervyu bergan shoir Botir Ergashev “Bu yerda hech kim plagiat emas. Bir mavzu haqida o‘nlab, yuzlab odam qalam tebratishi mumkin-ku!” degan.
Eltuz.com