O‘z qizini tepkilab urgan o‘zbek ayol Turkiyada hibsga olindi
May oyida Mersin mahkamasi 36 yoshli o‘zbek ayol Gulchehra Isoqulovaning 3 yashar qizi Tuannani tepkilagani bilan bog‘liq jinoyat ishini ko‘rib chiqadi.
Dushanba kuni ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan videoda o‘zbek ayolning norasida go‘dakni tarsakilab urgani va tepgani aks etgan.
Ma'lum bo‘lishicha bu voqea o‘tgan yil dekabr oyida sodir bo‘lgan va ayolning qiz jiyani tarafidan qo‘l telefoniga olinib tarmoqqa yuklangan.
Rafiqasining shafaqatsizligi aks etgan videoni ko‘rgan 30 yashar Hasan Tayfun xotinidan ajralish uchun mahkamaga ariza topshirdi.
Mahkama Hasan Tayfun da'vosini qondirdi va o‘zbekistonlik ayolni onalik huquqidan mahrum qildi.
Bola Hasan Tayfun tarbiyasiga berildi.
Bolani kaltaklash aks etgan videoni o‘rgangan Mersin prokurori “Tahdid¸ qiynoq va qasddan jismoniy shikast yetkazish” borasida aybnoma yozib¸ o‘zbek ayolni 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish talabini ilgari surdi.
O‘z qizini kaltaklagan o‘zbek ayoli ishini may oyida Mersin jazo mahkamasi ko‘rib chiqadi.
Eltuz.com