Dayjest
14 yanvar 2016

Bolasini bo‘g‘ib o‘ldirgan qiz va qo‘lga olingan qizfurushlar

O‘zbekistonda deyarli 100 foiz tadbirkor banklarga ishonishiga ishonasizmi?

“Milliy tiklanish” gazetasining yozishicha, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi o‘tkazgan so‘rovda qatnashgan tadbirkorlarning 98 foizi “Tijorat banklari kreditlaridan foydalanib, o‘z oldingizga qo‘ygan natijalarga to‘liq erishdingizmi?” degan savolga ijobiy javob qaytargan. So‘rovnomada ishtirok etayotganlarning 99,8 foizi esa “Bank – mijoz uchun” tamoyili amalda o‘zini oqlayotgani, bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyot barqarorligi va turmush farovonligini ta'minlashda muhim omil bo‘layotganini bildirgan.

“Ishtirokchilarning bank tizimiga bunday yuksak ishonchi mamlakatimizda istiqlol yillarida sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasidir”, deya xulosa qiladi gazeta.

Kaniza militsiyaga ishonmaydi

Sayyod.com internet nashri xonanda Kanizaning Porsche Cayenne mashinasiga o‘g‘ri tushgani haqida yozdi.

Mashinadan, xonandaning aytishicha, 2,5-3 mln so‘mlik Cavalli sumkasi, 10 ming dollarlik Vertu telefoni, 400 dollarlik Fleur Narcotique atiri, qimmatbaho hamyon hamda 300 mingcha so‘m o‘g‘irlab ketilgan.

Kaniza bu o‘g‘irlik yuzasidan militsiyaga murojaat qilmasligini bildirgan.

“Chunki bundan avval ham boshqa mashinalarimdan 4-5 marta shunday o‘g‘irlatib qo‘yganimda ular yordam bera olmagandi, shu sabab yana behuda yozuv-chizuvlar bilan vaqtimni ketkazmayman”, degan xonanda.

Buxorolik qiz noqonuniy tuqqan bolasini bo‘g‘ib o‘ldirdi

“Huquq” gazetasining yozishicha, Buxoro viloyatining Kogon tumanilik qiz dalaga ishlab yurgan vaqtida Nizom ismli yigit bilan bir muncha vaqt yaqinlik qilib yurgan va homilador bo‘lib qolgan.

Qiz uzoq vaqt bu sirni yashirib kelishga muvaffaq bo‘lgan. Uy-kuni to‘lganida esa hammomga kirib tuqqan va shu yerning o‘zida uni bo‘g‘ib o‘ldirib, yarim kechasi dala chetidagi chiqindixonaga tashlab ketgan.

Ertasi kuni jasad topilgandan so‘ng qotil ayol hibsga olingan va sudga tortilgan.

O‘g‘rilar guruhi ushlandi

Mashinalarga o‘g‘irlikka tushish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etib kelgan o‘g‘rilar guruhi qo‘lga olindi, deb xabar berdi “Ogoh” gazetasi.

O‘g‘rilar, asosan, Oloy bozori hududida jinoyatlar sodir etgan. Ular kechasi mashinalarga o‘g‘irlikka tushib, ichidagi qimmatbaho buyum va pullarni o‘marish bilan shug‘ullangan.

O‘g‘rilar 19-20 yoshlardagi yigitchalar bo‘lgan.

Zimiston uchun sarmoya

O‘zbekiston 2016 yilda 154 ta sarmoyaviy loyiha bo‘yicha 4 milliard dollardan ortiq xorijiy sarmoya jalb etishni rejalashtirmoqda.
“Gazeta.uz” internet nashrining yozishicha, bu mablag‘ning 1,339 milliard dollari hukumat kafolati ostida olinadi va 69 ta loyihani o‘zlashtirishga sarflanadi.

Xorijiy sarmoyalarning katta qismi – 2,29 milliard dollari yoqilg‘i-energetika sektori hissasiga to‘g‘ri keladi.
2015 yilda esa O‘zbekiston 3,53 milliard dollar hajmida xorijiy sarmoya jalb qilishi aytilgandi.

Qizfurushlar qo‘lga olindi

“Ogoh” nashri Toshkentning Sirg‘ali tumanida ayollarni Dubayga yuborish bilan shug‘ullangan ona-bolalar qo‘lga olinganini ma'lum qildi.
Aytilishicha, asli namanganlik ayol uch qizi bilan birgalikda besh yilcha muqaddam bir guruh qizlarni aldab Dubayga jo‘natgan. Dubayda bu qizlar fohishalik qilishga majburlangan.

Besh yil davom etgan xo‘rliklardan keyin qizlardan biri qarindoshlari bilan qo‘ng‘iroqlashishga muvaffaq bo‘lgan. Ular esa tegishli idoralarga xabar bergan. Natijada qizlar O‘zbekistonga qaytarilgan, jinoiy guruh esa javobgarlikka tortilgan.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 aprel 2021
«Eltuz» kanalining qadrli muxlislari. Agar sizda mavzuga oid muhim xabarlar bo‘lsa, kechgan voqealar haqida gapirmoqchi bo‘lsangiz, «Eltuz»ning telegramdagi +49 ...
10 fevral 2022
Ulug‘bek Tursunov yana avvalgi kursisi – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. Xodimlar orasida ...
12 fevral 2019
Bugun Toshkent metropolitenidan foydalanayotgan yuz minglab vatandoshlarimiz yana shu savolga javobni bilishga haqli. Lekin metropoliten rahbarlari nega bir necha ...
2 may 2018
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘onning xotini Amina Erdo‘g‘on 30 aprel kuni o‘zining Twitter tarmog‘iga prezident Mirziyoevning xotini Ziroatxon bilan tushgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...