Dayjest
26 aprel 2016

Tanishing, «mablag‘laringizning eng ishonchli qo‘riqchisi»!

Bank mas'ulining aytishicha, ayni paytda «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan berilgan bank plastik kartochkalari soni 1 milliondan oshib ketgan.

«Plastik kartochkalar naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshiruvchi vositagina bo‘lib qolmay, mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarish, moliyaviy tizimni mustahkamlash, inflyatsiyaning oldini olish, naqd pul muomalasining bank orqali aylanishini ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi», deydi bank mas'uli.

Lekin maqolada aslida plastik kartochkalar bugun oddiy o‘zbekistonliklar uchun hayot kechirish darajasining pasayishiga xizmat qilayotgan manbaga aylangani haqida bir so‘z ham aytilmaydi. Chunki, deylik, siz 1 million oylik olsangiz, uni naqdlashtirish uchun kamida 10 foiz, ko‘pi bilan 20 foiz pulingizdan kechishingiz kerak. Demak kamida 100 ming so‘m, aks holda peshona teringiz bilan topgan 200 ming so‘mgacha pulingizdan ayrilishingiz hech gap emas.

Shuning uchun bo‘lsa kerak, gazeta muxbiri bank mas'uliga O‘zbekiston bank tizimi aslida plastik kartalar bilan ishlashga to‘la tayyor bo‘lmay turib, nega bu qadamni qo‘ydi, degan savolni bermagan.

Qolaversa, yuqoridagi fikrlarimizga tasdiqni ham shu gazetadan topdik.

Unda yozilishicha, farg‘onalik pensionerning pensiyasi uning roziligisiz plastik kartochkaga o‘tkazilgan. Fuqaro esa bundan norozi bo‘lgan va pensiyasi naqd pul bilan berilishini talab qilib tahririyatga murojaat etgan. Natijada pensiya jamg‘armasi uning nafaqasidan 70 foizini naqd pul ko‘rinishida berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Qarang, shunda ham davlat pensionerning bir umr ishlagan pulidan yuz foizini naqd berishga ko‘nmayapti.

Nega oddiy xalq o‘z mablag‘larining «ishonchli qo‘riqchisi bo‘lgan» plastik kartochkalarga ko‘nmayapti ekan?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 aprel 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solih audiokitobining davomi. Boshi «Eltuz»ning «Imperativ» ruknida. Davomi bor.) «Yoshullichilar»ning hammasini ham Nurali Qobul kabi ...
11 aprel 2019
«Eltuz» nashri Muhammad Bekjonning «Qo‘rquvning nariyog‘ida» (Alvido, Jasliq!) ikkinchi kitobining audio versiyasini taqdim eta boshlaydi. «Bu kitob “O‘zbekiston qamoqxonalarida ...
3 oktyabr 2016
Kasb bayramlarini o‘zbek tibbiyot xodimlari har yili paxta dalalarida o‘tkazishga majbur. Shugina emas, ularni o‘zbek hukumati «qora ishchi kuchi» ...
13 aprel 2024
Diniy ekstremistik oqimlar ta'siriga tushib, ularni moliyalashtirgani aniqlangan Dilshod Qodirov qidiruvga berildi. 1969 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Dilshod Hojimurodovich ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...