«Uchar»lar hukumat yechmagan muammoni hal qilmoqda
Gap O‘zbekistonda ancha vaqtdan beri davom etayotgan benzin taqchilligi muammosi haqida bormoqda. Bugun benzin faqat Toshkentdagina bir amallab topilayotgani, viloyatlarda esa bu yoqilg‘i umuman yo‘qligi, bori ham davlat narxidan ancha qimmatga sotilayotgani ko‘pchilikka sir emas.
Lekin hukumat bu muammoni hal etishga shoshilmayotgani sababli ayrim «tadbirkor» fuqarolar noqonuniy bo‘lsa-da, uning yechimini topishga urinmoqda.
Gazetaning Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatiga asoslanib yozishicha, minglab litr benzin va dizel yoqilg‘isini noqonuniy yo‘l bilan mamlakatga olib kirishga oid ko‘plab holatlarning oldi olingan. Jumladan, hazorasplik bir fuqaro o‘z yuk mashinasida naqd 31350 litrdan ortiq benzinni noqonuniy ravishda olib kirishga urinayotgan paytda qo‘lga tushgan.
Gap shundaki, agar hukumatning o‘zi xalqini kerakli mahsulotlar bilan ta'minlashni eplay olmas ekan, bu ishni «ucharlar» amalga oshirishga kirishishi bozor qonuniyatidir.
Eltuz.com