Kundalik
5 may 2016

Turkiyalik chol va kampirni o‘ldirgan o‘zbek er-xotinga umrbod qamoq jazosi berildi

Turkiyada o‘zbekistonlik er-xotin turkiyalik taniqli yahudiy tadbirkor Jak Karako va uning rafiqasi Jorjiya Karakoni o‘ldirganlikda ayblanib, 2014 yili hibsga olingan 30 yoshli Farhodjon Yusupov va uning 28 yoshli turmush o‘rtog‘i Gulbahor Yusupovalar ustidan o‘tgan mahkama ularga umrbod qamoq jazosini belgiladi.

Taraflarning advokatlari ishtirokida sud hakami “kamida 26 yil qamoqda o‘tirish sharti bilan umrbod hibs jazosi” belgiladi.

Tadbirkor oilasida farrosh bo‘lib ishlagan Farhodjon Yusupov aybini bo‘yniga olgan.

rasm1330
Farhodjon Yusupov cholu kampirni o‘ldirayotganida o‘zining qo‘lini ham jarohatlagan. 2014 yil, qotillikdan so‘ng olingan rasm.

Uning xotini Gulbahor Yusupova esa “Qotillik paytida men televizor ko‘rayotgan edim” deya aybni o‘zidan soqit qilib eriga yuklashga uringan.

Qotillikda ayblangan Yusupov mahkama zaliga kelganda og‘zida uch dona lezviya yashirib olib kirgani ma'lum bo‘ldi. Jandarma qo‘mitani Husayn Qoraqoya mahkum og‘zida lezviya borligini payqab qolgan.

Mahkum, mahkama oldida og‘zidan ikkita lezviyani chiqarib olib, boshqasi yo‘q deb turib olgan.

Qo‘mitan atralashuvidan keyin Yusupov o‘z og‘ziga yashirgan uchinchi lezviyai chiqargan.

Farhodjon Yusupov lezviyani o‘z joniga qasd qilish yoki boshqalarga tajovuz qilish maqsadida saqlaganmi degan savolning javobi yo‘q.

Sudda ikki yil ko‘rilgan jinoyat

77 yoshli taniqli turkiyalik tadbirkor Jak Karako va uning 69 yoshli rafiqasi Jorjiyaning pichoqlangan jasadi 2014 yili Istanbulning O‘rta ko‘y mavzeidagi uyidan topilgan edi.

Oradan bir kun o‘tib Istanbulning Fotih mavzesidagi kvartirani kiraga olib yashab kelgan o‘zbekistonlik er-xotin hibsga olindi.

Turk matbuotining yozishicha, bu juftlik so‘nggi ikki oylik maoshini so‘raganida, turk tadbirkori uning uyiga yetkazilgan zararni undirish maqsadida maoshni ushlab qolishini aytgan. Shundan so‘ng er-xotin oshxonadagi go‘sht chopadigan pichoq bilan tadbirkor va uning xotinini yotoqxonasida chopib tashlashgan.

Turkiya mahkamasida o‘zbekistonlik er-xotin mudhish qotilligi dalil isbotlar bilan tasdiqlandi.

rasm1331
Gulbahor Yusupova esa shu paytgacha jinoyatga aloqador ekanini yashirib kelayotgan edi

Istanbulning Moltepa qamoqxonasida qolayotgan Farhod Yusupov hamda Gulbahor Yusupova tergov paytida qotillikni bo‘yniga olgani ham turk matubotida e'lon qilingan edi.
Bundan tashqari, tadbirkor uyidagi videokamera o‘zbekistonlik er-xotin tadbirkorning uyidan qimmatbaho narsalar solingan 7 ta sumkani olib chiqib ketayotganini ham qayd etgan.

Ammo, ayni paytda turk matbuotida jinoyatni Farhod Yusupovning o‘zi sodir etgani, uning o‘zi chol va kampirni o‘ldirganini e'tirof qilgani haqida yozgan edi.
Sud ma'lumotiga ko‘ra, Farhod Yusupov chol-kampirni yuqori qavatdagi yotoqxonaga chiqib uxlashga yotganida, ularni yotog‘ida so‘yib tashlagan.

Keyin pastga tushib uxlagani yotgan va ertalab oshxonada gazni yoqib, uyda portlash hosil qilib, pichoqni esa dengizga otib, Qumqopidagi mehmonxonalardan biriga yashiringan.
Chol-kampirning vahshiyona tarzda o‘ldirilganidan esa ulardan xabar olgani kelgan o‘g‘li voqif bo‘lgan va politsiyani chaqirgan. O‘zbekistonga qochish payida bo‘lgan ikki o‘zbek o‘sha kunning o‘zida qamoqqa olingan.

O‘zbekistondan borib, Turkiyadagi tadbirkorning uyida xizmatkorlik qilgan Farhod Yusupov va uning xotini Gulbahor Yusupovalar ayni paytda qotillik, o‘g‘irlik va talonchilikda aybli deb topildi.

Marhum tadbirkor Jak Karako Turkiyadagi mashhur Oren Bayan brendi asoschisidir. Bu nafaqat Turkiya, balki Osiyo davlatlarida nomi chiqqan ip-kalava ishlab chiqaruvchi yirik shirkatlardan biridir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 noyabr 2021
Xalqaro jurnalist «Agneshkaxon voqeasi» ko‘p savollarga javoblarni ochib berdi. Kelinglar, jonajon akkreditatsiyadan boshlaymiz. Aynan ularni nazorat qiladigan institutning o‘zi ...
30 aprel 2019
O‘zbekiston Oliy sudi joriy yilning 16 aprel kuni jurnalist Bobojonovlarga tegishli uylarni tortib olish to‘g‘risidagi sud qarorlarini o‘z kuchida ...
30 noyabr 2015
Do‘stlik tumani TIIB tergovchisi Orif Anorboev kimdir maslahat uchun pul to‘laganligini bilish uchun O‘ktam Pardaevga yordam so‘rab murojaat qilgan ...
2 avgust 2018
Muhammad Bekjonning «Alvido, Jasliq!» kitobidan navbatdagi qism 1999 yilgi Toshkent portlashlarining asosiy guvohi Zayniddin Asqarov bilan yuzlashuv haqida. 2003 ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...