Kundalik
13 may 2016

Bosh vazir o‘rinbosari “chaqimchi kampir”larni martabaga loyiq ko‘rdi

Maxallaning sirini yuqoriga sim qoqib turadigan kampirlarga mahallalarning diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi ato qilindi.

Bu haqda O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova Farg‘ona viloyatiga safari davomida ma'lum qildi.

Bositxonovaga ko‘ra “axloq maslahatchisi” lavozimi shaxsan prezident tomonidan joriy etilgan.

Bosh vazir o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra har bir mahallada bir nafar keksa onaxon kerali joyga sim qoqib “Kimning qanday nafas olayotgani haqida” habar berib turishi lozim.

«Har bir mahalladan bir nafardan keksa onaxonlarni o‘zlaringizga vakil qilib olinglar. Har kuni o‘sha mahalladagi vakilingizga qo‘ng‘iroq qilib, mahallada kimning uyida notinchlik bo‘lganligini, kimning farzandi ikki kundan buyon uyga kelmayotganligini, yana kimning uyiga qanaqa mehmonlar kelganligini so‘rab oling. Toshkentning Chilonzor dahasidagi bir mahalla inspektori xuddi shunday qilar ekan, o‘sha inspektorning ishini respublikada ommalashtirmoqchimiz», deya ta'kidlagan Bositxonovaning so‘zlaridan Britaniyadagi Bi-bi-si radiosining o‘zbek hizmati iqtibos keltirdi.

rasm1137
O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ayollar uchun xovuz kavlash, milliy siynaband va “uzbikini” yaratish takliflari bilan ham chiqqan edi

“Sim qoqadigan Sotti”

Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” asarida kelinlar sirini qaynonaga yetkazib turadigan shpion kelin – Sotti obrazi bor.

Oilalar ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirgan O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova o‘z vaqtida “Kelinlar qo‘zg‘oloni” komediyasini ko‘rib hayotga tadbiq etmadimikan degan fikr ham bor.

Said Ahmad asaridagi Sotti oila sirlarini faqat bitta odam ya'ni Farmonbibiga shipshitib turar edi.

Martabaga loyiq ko‘rilgan “chaqimchi kampir”lar mahalla sirlarini kimga yetkazishi masalasiga Elmira Bositxonova oydinlik kiritmagan.

Mahalla oqsoqoli va posbonlarning Milliy Xavfsizlik Xizmatiga “quloq”ligi e'tiborga olinsa, kampirlarning kimga sim qoqishi ham ma'lum bo‘ladi.

Bositxonova bundan oldin o‘zbek qo‘shiqchi ayollarining yupun kiyingani borasida zarda qilgan edi

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ayollar uchun xovuz kavlash, milliy siynaband va “uzbikini” yaratish takliflari bilan ham chiqqan edi.

Muqaddas Ro‘zimurodova
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 mart 2017
Dollarning qora bozordagi kursi talab va ehtiyojdan kelib chiqib o‘smoqda. Rekord darajada balandlagan dollar kursi, orada bir pastlab odamlarni ...
10 mart 2023
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.  Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham xo‘jik ...
1 dekabr 2021
Taniqli huquq faoli Umida Niyozova rahbarligidagi Cotton Campaign koalitsiyasi delegatsiyasi 1 dekabr kuni O‘zbekistonga keldi. Ular bir hafta mobaynida O‘zbekiston ...
13 may 2019
Negadir keyingi paytlarda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) haqida gap ketganida beixtiyor yodimga Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchillning mazmunan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...