Dayjest
25 may 2016

Mahalla demokratik organmi?

«Hurriyat» gazetasida mahalla to‘g‘risida e'lon qilingan maqolada «sovet davrida qaergadir «spravka» kerak bo‘lgandagina murojaat qilinadigan idora» bo‘lgan mahalla mustaqillik yillarida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning «demokratik organi» sifatida qayta tiklangani ta'kidlanadi.

Qo‘shni davlatda sababsiz bir oy o‘qishga bormagan o‘quvchi ichki ishlar xodimlari yordamida maktabga qaytarilganini internetdan o‘qib qolganini bildirgan muallif bunday holat yurtimizda yuz bersa, oila va mahallaning o‘zida hal etilishini mamnuniyat bilan yozadi.

Albatta, yuqoridan tekshirish kelishidan oldin bechora o‘qituvchilar davomatni yaxshilash uchun uyma-uy chopib yurishi haqida gap-so‘z yo‘q maqolada. Bo‘lmaydi ham. Chunki maqsad mavjud kamchiliklarga e'tibor qaratish emas, balki «zamonamdan o‘rgilay» ruhida bitik qoralash ekani yaqqol ko‘rinib turibdi.

Muallif bugungi kunda mahalla ilgari mahalliy hokimiyat organlarining vakolatiga tegishli bo‘lgan 30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalarni bajarayotganini iddao qiladi.

Maqolada hukumatning xalqni mutelik va qo‘rquv iskanjasida tutib turishga qaratilgan nazorat mexanizmida mahalla qanday rol o‘ynayotgani masalasiga oydinlik kiritilmagan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 sentyabr 2019
Saytimizning qadrli o‘quvchilari. Sizdan bu yilgi mavsumda talabalar, turli idoralar xodimlari yoki tadbirkorlarni paxtaga jalb qilish yoki ularni paxta ...
16 may 2022
Assalomu alaykum Tuz og‘a, sizga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan murojaat qilyapmiz. Hech kimga sir emas, uch-to‘rt kundan keyin mahalla ...
27 may 2020
2020 yil 14 mayda O‘zbekiston hukumati mamlakat sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimova tomonidan “noqonuniy xarid qilingan” aktivlarni sotishdan tushgan ...
7 aprel 2017
Erkaklarning doyalik qilishini «sharmandalik» deya atagan 42 yoshli toshkentlik imom xatib Rahmatulloh Sayfutdinov chaqirig‘i ortidan vazirlikka shikoyat qilgan Farida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...