Dayjest
9 iyun 2016

Xorijga chiqarilmaslik uchun shaxs qanday «gunohlar» qilishi kerak?

«Adolat ko‘zgusi» gazetasi bugungi O‘zbekiston uchun muhim muammo – qanday shaxslarning xorijga chiqarilishi cheklanishi haqida maqola e'lon qildi.

Unda aytilishicha, xususan, davlat siri hisoblangan ma'lumotlarni tashuvchilar, ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganlar, sudlanganligi bekor qilinmagan alohida retsidivistlar yoki IIV nazoratidagi shaxslar, sud tomonidan yuklangan majburiyatlarni ijro qilmaganlar, ustidan sudda da'vo qo‘zg‘atilganlarning xorijga chiqishi cheklanadi.

Shuningdek, harbiy xizmatga chaqirilganlar, IIV va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shaxsning chet elda bo‘lgan vaqtida kelgan mamlakati qonunlarini buzganlar, o‘zi haqida soxta ma'lumotlar taqdim etganlar ham chet elga chiqarilmaydi.

Maqola so‘nggida o‘zining chet ega chiqish huquqi buzilganlar kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining yuqori organlariga murojaat etishi mumkinligi eslatib o‘tilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolarining chet elga chiqishi tartibining ayrim kichik bandlarida ko‘rsatilgan sabablar bo‘yicha chet elga borish huquqini cheklash ustidan shikoyat qilinishi mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Lekin bu bandlarda nima deyilgani aniqlashtirilmagan.

Gap shundaki, bugun chet elga chiqish vizasi berilmayotganlarning aksariyati hukumat bilan murosalari kelishmayotganlar yoki ularning yaqinlari ekani to‘g‘risida mustaqil OAVlarda ko‘p yozilmoqda.

Ulardan biri mustaqil jurnalist Malohat Eshonqulovaning qizi Zarnigordir. U ham bir necha marta xorijga chiqish uchun ruxsat olish maqsadida hujjatlarini topshirganiga qaramay, o‘z niyatiga yeta olgani yo‘q. Hatto mustaqil OAVlarda uning mamlakat rahbariyatiga murojaatlari ham e'lon qilindi.

Qizig‘i shundaki, quyi organlar uning xorijga chiqish huquqi nega cheklanganini aytayotgani yo‘q. Yuqori organlar esa og‘ziga mum tishlab olgan.

Balki bu boradagi qonunchilikning nima yozilgani aniqlashtirilmagan ba'zi bandlarida «hukumatning yo‘rig‘iga yurmaganlar xorijga chiqa olmaydi», degan so‘zlar bitilganmikin?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 avgust 2020
Uzoq ko‘rmagan va siz uchun aziz bo‘lgan yaqiningiz eshikni qoqmasdan ochib kirib, qarshingizdagi stulga kelib o‘tirdi. Siz unga qaraysiz, ...
2 avgust 2019
Bir guruh o‘zbek faollari 25 iyul kuni AQSh, Yevropaning qator mamlakatlari va O‘zbekiston hukumatlaridan Gulnora Karimova va uning noqonuniy ...
23 sentyabr 2019
O‘zbekiston «Erk» demokratik partiyasi a'zosi, shoir va jurnalist Mahmud Rajab adolat istab 22 sentyabr kuni Xorazmdan Toshkentga qarab yo‘lga ...
8 avgust 2016
«Hurriyat» gazetasida (03.08.16) chop etilgan «Jamiyatni halokatdan qutqaruvchi kuch» sarlavhali maqolada Chor Rossiyasi va sho‘rolar davrida xalqimizning ma'naviy boyliklarini ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...