Kundalik
10 iyun 2016

O‘zbekistonda ro‘zadorlarga qarshi bosimlar kuchaydi

10 iyun kuni, O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi raxbari Surat Ikromov tarqatgan matbuot bildirishiga ko‘ra, ro‘za boshlangan 2016 yilning 6 iyunidan buyon Chinoz tuman Ichki ishlar xodimlari tinch musulmonlarga nisbatan keng miqyosda tazyiq va ta'qiblarini boshlab yuborishgan.

Havo darajasi 40-42 darajaga chiqqan ayni jazirama kunlarda militsiya xodimlari dindorlarning uylariga kirib, ulardan TIIVga yetib kelishlarini talab qilishgan, u yerda esa hech bir ayblovlarsiz 8 soatlab ushlab o‘tirishgan.

Bu haqda Inson huquqi himoyachilariga murojaat qilgan 62 yosh keksa ayol Marhamat Mirzaevaga ko‘ra, uning uyiga 9 iyun kuni soat 15.30 da Laziz ismli uchastka noziri bilan birga kelgan militsionerlar u va kelini Nigora So‘pijonova(1977)ni Chinoz TIIVga borishgani va Rossiyada mardikorlik qilayotgan o‘g‘lini keltirishni talab qilishgan.

Muttasil do‘q po‘pisalar natijasida Nigora So‘pijonovaning yuragi o‘ynab qolgan, “tez yordam” chaqirib uni tuman shifoxonasiga olib borishgan.

Ayni paytda, O‘MHHTGga Qashqadaryo viloyatining Koson 64/51 koloniyasida ham dindor mahkumlarga nisbatan rejimning kuchaytirilgani, ularga ro‘zaga rioya qilish imkoni berilmayotgani va diniy sabablar bilan qamalganlarga shafqatsiz munosabatda bo‘linayotgani haqida ma'lumotlar kelib tushgan.

Shuningdek, 23-24 iyunda Toshkentda o‘tishi kutilayotgan ShHT sammmiti munosabati bilan 20 iyundan boshlab mamlakatdagi barcha qamoqxona va tergov hibsxonalari o‘n kunga berkilishi aytiladi huquq himoya tashkiloti bildirishida.

Eltuz.som

Tag‘in o‘qing
2 avgust 2021
Ikkita kokiliga ikki xil bantik taqqan sepkilli qiz aslida 23 yoshda. Ismi Nazokat, ammo o‘ziga NOZI deb ism qo‘yvolgan. ...
3 mart 2023
Mana o‘lmagan qul ko‘klamga ham yetdik. Qish to‘qsoni ortda qoldi. Anomal sovuqda o‘lmasdan bugunga yetib keldik. Bu kunlarga yetganlar ...
31 dekabr 2020
Yangi yil arafasida Farg‘ona va Navoiy shahri markaziy maydonlariga o‘rnatilgan archalar yonib ketdi. eltuz.com
29 avgust 2016
O‘zbekiston tarixida ilk bora Vazirlar mahkamasi mamlakat rahbarining sog‘ligi haqida chiqargan bayonot ortidan O‘zbeknavo litsenziyasi bilan faoliyat yuritayotgan artistlardan ...
Bloglar
18 iyun 2025
«O‘zbekcha fikrlash»ni musorga otvormasak dunyoga razil bo‘lishda davom etamiz.Nima o‘zi «O‘zbekcha fikrlash»?Masalan O‘zbekiston qonunida «jins ...
16 iyun 2025
Teatr zamon yuziga ko‘zgu tutishi kerak. Lekin o‘zbek teatri buni eplay olmayapti. Drama yozadigan birorta ...
9 iyun 2025
Qadimgi turk bitiklari qisqa va chuqur ma'noli bo‘lgan. «Tashingdan barcha kishi kabi ko‘rin. Iching go‘zal ...