Dayjest
14 iyul 2016

O‘zbeklar sammit bahona yana bir bor prezidentidan faxrlandi

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi yana o‘z so‘rovi va uning natijalari bilan ko‘pchilikning e'tiborini tortdi.

Bu galgi so‘rovni markaz Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkentda o‘tgan sammiti yakunlariga bag‘ishladi va har doimgidek kutilganidek javoblar olishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu javoblarni e'lon qilishdan hatto asosan ekoloyaga oid mavzularni yoritadigan «Eko hayot » gazetasi ham o‘zini tiya olmadi. Chunki so‘rov natijalari shunchalik «yuqori»ning ko‘nglidan kelib chiqadigan shekilli, uni xalqqa yetkazmagan nashrning mazasi qochishi ta'minlanishi turgan gap.

Xullas, gazetaning yozishicha, «Ijtimoiy fikr» so‘rovida qatnashganlar: «O‘zbekiston aholisi xalqaro maydonda nufuzi tobora oshib borayotgan ShHTga uchinchi bor raislik qilgan o‘z mamlakati va prezidentidan cheksiz faxrlanadi», degan fikrni bildirgan.

Bundan tashqari, hamyurtlarimiz ShHTga «O‘zbekiston hamda shaxsan mamlakat prezidenti I.Karimov raisligi tarixiy ahamiyatga ega ekani»ga alohida urg‘u bergan.

So‘rov ishtirokchilarining qariyb 92 foizi sammit jarayonini diqqat bilan kuzatgan bo‘lsa, 98,2 foizi mashvaratda turli hamkorlik masalalari va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilinganini ma'qullab e'tirof etgan.

Respondentlarning 92,4 fozi ShHTni yana mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlasa, 97,6 foizi shu sammit bilan bog‘liq orzu-umidlari to‘liq ro‘yobga chiqqanini ta'kidlagan.

Bandai musurmon, oddiy o‘zbekning sammit bilan bog‘liq qanday orzu-umidi bo‘lishi mumkin!? Xalqning sammitga aloqador bitta orzusi bor bo‘lganini ko‘pchilik bilardi va «Ijtimoiy fikr» shuni nazarga tutgan bo‘lsa, adashmagan bo‘ladi. Ya'nikim, shu mashvarat tezroq o‘tsayu, sammit bahona harakat doirasi torayib qolgan odamlar yana erkin bo‘lsa. Kechasiyu kunduzi itday ishlagan milisaning orzusi ham shu edi, ulardan qochgan mardikorning orzusi ham shu edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 iyun 2017
Prezident Mirzieev tashabbuslari bilan o‘zbekistonliklarni hursand qilishda davom etmoqda. 15 iyun kuni, Shavkat Mirziyoev Turkmanistonga safari ortidan, respublikada ham ...
30 sentyabr 2016
Rassom Elsevar eltuz.com nashriga jo‘natgan navbatdagi suratida masjidda ikkita e'son qutisi paydo bo‘lganini aks ettirgan Ayrim masjid imomlar, paxta ...
10 avgust 2020
Koronavirus kundaligi Qizimning qo‘g‘irchog‘i bilan uyda yolg‘izmiz. Ikkimiz ham bir odamchani sog‘inayapmiz. Faqat qo‘g‘irchoq yig‘lay olmaydi. Yolg‘izlik huvillagan uyda ...
16 yanvar 2023
Rassom Tuz @eltuz
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...